верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekiston U-17 termasining JCh guruh bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
26.05.2025

O‘zbekiston U-17 termasining JCh guruh bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston U-17 termasining JCh guruh bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi U-17 Jahon chempionati qur’asi natijalariga ko‘ra, Paragvay, Panama va Irlandiya bilan bir guruhdan joy oldi. “Bor e’tiborimizni raqiblarni chuqur o‘rganishga, iqlim va muhitga moslashishga qaratamiz”, — dedi bosh murabbiy Islombek Ismoilov.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

U-17 Jahon chempionati qur’asi natijalariga ko‘ra O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Paragvay, Panama va Irlandiya bilan bir guruhdan joy oldi. Qur’a 25-may kuni Doha shahrida o‘tkazildi.

O‘zbekiston ilk o‘yinni 5-noyabr kuni Paragvayga qarshi o‘tkazadi. 8-noyabr kuni Irlandiyaga qarshi maydonga tushadi, guruh bosqichi 11-noyabr kuni Panama bilan o‘yin bilan yakunlanadi. Uchrashuvlarning barchasi Doha shahridagi Aspire zone stadionida bo‘lib o‘tadi.

Qur’a marosimidan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Islombek Ismoilov musobaqa va raqiblar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Har uchala raqib ham o‘z mintaqasining kuchli vakillari sanaladi va bu musobaqaga munosib tarzda yo‘l olishgan. Shu bois har bir o‘yinga alohida va puxta tayyorgarlik ko‘ramiz”.

“Paragvay — Janubiy Amerikaning jismoniy kuch, intizom va texnika uyg‘unligi bilan ajralib turadigan jamoasi. Ular hech qachon kurashdan chekinmaydi. Panama esa CONCACAF mintaqasida yildan-yilga o‘sib kelayotgan futbol maktabiga ega. Ularning o‘yin uslubi tezlik, qarshi hujum va yuqori pressingga asoslangan. Irlandiya klassik Yevropa futboli vakili bo‘lib, kuchli shakllangan o‘yin va intizom bilan ajralib turadi”, — dedi Ismoilov.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.