1
РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekistonda yangi haftada: 3–6-noyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
01.11.2025 (yangilandi 01.11.2025)

O‘zbekistonda yangi haftada: 3–6-noyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda yangi haftada: 3–6-noyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 3–6-noyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 3 noyabrda Qoraqalpog‘iston respublikasida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-4 noyabrda 0-5° iliq, 4-6 noyabrda 0-5° sovuq, kunduzi 3 noyabrda 7-12° iliq, 4-6 noyabrda 7-12° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 noyabrda 4-9° iliq, 4-6 noyabrda 2°sovuq-3° iliq gacha pasayadi, kunduzi 3 noyabrda 13-18° iliq bo‘ladi, 4-5 noyabrda 8-13° iliq, 6 noyabrda 10-15° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon 3 noyabrda va 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5-6 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5 noyabrda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3 noyabrda kechasi 6-11° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi, 4-6 noyabrda kechasi 2°sovuq-3° iliq gacha pasayadi, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyati

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon 3 noyabrda va 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5-6 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3 noyabrda kechasi 6-11° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi, 4-6 noyabrda kechasi 0-5° iliq gacha pasayadi, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyati

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3 noyabrda kechasi 6-11° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 4-6 noyabrda kechasi 0-5° iliq gacha pasayadi, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5 noyabrda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3 noyabrda kechasi 6-11° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 4-6 noyabrda kechasi 2°sovuq-3° iliq gacha, kunduzi 8-13° iliq gacha pasayadi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 3-5 noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi. 6 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5-6 noyabrda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-12° iliq, 4-6 noyabrda kechasi 3-8° sovuq gacha, kunduzi 3°sovuq-2° iliqgacha pasayadi.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.