Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekistonda yanvar oyida dollarning rasmiy kursi qanday oʻzgardi?
03.02.2025

Oʻzbekistonda yanvar oyida dollarning rasmiy kursi qanday oʻzgardi?

Oʻzbekistonda yanvar oyida dollarning rasmiy kursi qanday oʻzgardi?

Oʻzbek soʻmi 2025-yilni AQSH dollariga nisbatan biroz qadrsizlanish bilan boshladi. Yanvar oyida milliy valyuta 36,5 soʻmdan koʻproq qiymatini yoʻqotdi.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, oʻzbek soʻmi 2025-yilni AQSH dollariga nisbatan biroz qadrsizlanish bilan boshlandi.

Yanvar oyida milliy valyutaning zaiflashishi 36,53 soʻmni yoki 0,28%ni tashkil etib, 12 957,01 soʻmni tashkil etdi. Oy davomida dollar bir tekisda koʻtarildi va 23-yanvar kuni 12 990 soʻmdan oshib, yangi rekord oʻrnatdi. Biroq, oyning soʻnggi haftasida soʻm oʻz pasayishini biroz tikladi.

Yanvar oyida dollar kursi yetti marta rekordni yangilab, 22-yanvar kuni 12 990 soʻmni, 21-yanvar kuni 12 984,44 soʻmni, 20-yanvar kuni 12 975,09 soʻmni, 13-yanvar kuni 12 972,08 soʻmni, 8-yanvar kuni 12 962,98 soʻmni, 7-yanvar kuni 12 948,10 soʻmni, 4-yanvar kuni esa 12 942,01 soʻmni tashkil qilgandi.

Yanvar oyi boshida baʼzi tijorat banklarida dollar kursi 13 000 soʻmdan oshib ketdi. Amerika valyutasini eng qimmat narxda “Ipoteka-bank” — 13 035 soʻmga sotmoqda, eng foydali kursni esa “Anorbank”, “Asakabank” va “Biznesni rivojlantirish banki” taklif etmoqda — 12 920 soʻm.

2024-yil yakunlariga koʻra, oʻzbek soʻmi nisbiy hisobda atigi 4,71%ga (yoki mutlaq ifodada 581,78 soʻmga) qadrsizlandi.

“Spot” tahlilchilar bilan 2024-yilda soʻmning qadrsizlanishi surʼatining sekinlashishi sabablari, milliy valyuta mustahkamlanishidagi risklar hamda keyingi yilda almashuv kursiga taʼsir qiluvchi omillar borasida suhbatlashgandi.

“Kap Depo”ning investitsion bankiri Muzaffar Roziqovning fikricha, 2024-yilda oʻzbek soʻmining 5%dan kam devalvatsiyasi avvalgi yillar fonida sezilarli oʻzgarish boʻlib, unga nisbatan ijobiy oʻzgarish kuzatilmoqda.

“Avesta Investment Group” katta tahlilchisi Shodlik Nazarov eksport faolligining yuqori darajasi, Markaziy bank siyosati hamda import oʻsishi surʼatlarining sekinlashishi dollar kursini qoʻllab-quvvatlaganini qayd etdi.

Roziqov 2025-yilda AQSH dollarining kursi 13 340 soʻmdan oshishini, Nazarov esa kurs 14 ming soʻmdan pastda qolishi mumkinligini prognoz qilmoqda.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.