Oʻzbekistonlik birinchi inson Janubiy qutbga yetib bordi


Aleksandr Trach Oʻzbekistonning Janubiy qutbga yetib borgan ilk fuqarosi sifatida tan olindi — bu maʼlumot ekspeditsiya tashkilotchilari tomonidan tasdiqlandi.
Ekspeditsiya 2025-yilning 4-yanvaridan 12-yanvarigacha davom etdi. Jamoa 10-yanvar kuni Janubiy qutbga erishdi.
Janubiy qutbni zabt etish Aleksandrga Oʻzbekistonning ikkala qutbga yetib borgan birinchi fuqarosi boʻlish imkonini berdi. 2021-yilda u Shimoliy qutbga yetib borgan Oʻzbekistonning birinchi fuqarosi boʻlgan edi.

Ekspeditsiya 2021-yilning 10−22-iyul kunlari oraligʻida amalga oshirilgan. Oʻsha yili jamoada ikki nafar oʻzbekistonlik boʻlganligi sababli, 15-iyul kuni qutb nuqtasiga yaqinlashganda Aleksandr birinchi boʻlish uchun kema tumshugʻiga koʻtarilgandi.
Fargʻonalik sayyoh Aleksandr Trach hozirgi kunga kelib BMTning 66 ta davlatiga va BMT aʼzosi boʻlmagan mamlakatlar bilan birga jami 80 dan ortiq mamlakatga tashrif buyurgan.

“Janubiy qutbda 2−3 soat boʻlishimiz kerak edi, ammo ob-havo tez buzila boshladi. Uchib keta olmasligimiz xavfi tugʻildi. Bir yarim soatdan soʻng barcha kemaga chiqish va tezda uchib ketish haqida buyruq berildi. Janubiy qutbning dengiz sathidan balandligi 2800 metr…” — deya oʻz Instagram sahifasida yozadi Aleksandr.
Aleksandrning taʼkidlashicha, Antarktidada harorat kuchli tebranishi mumkin. Qutb kunining yorugʻ qismida harorat biroz iliqroq boʻladi.