26.03.2025
Ozoda Nursaidova sirli yangilikni eʼlon qildi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Xonanda Ozoda Nursaidova shov-shuvlarga sabab boʻlgan avariya hodisasidan soʻng Turkiyada davolanayotgan model Sabrina Jabborovaga moliyaviy yordam berdi.
Internetda tarqalayotgan videolarga koʻra, Nursaidova koʻpchilikdan sir tutgan holda modelning operatsiyasi uchun 15 ming dollar miqdorida pul oʻtkazib bergan.
Unga hamrohlik qilayotganlar xonanda bilan videoaloqa orqali gaplashib, rahmat aytishgan va martabasi bundan ham ulugʻ boʻlishini tilab duo qilishgan.
Ayni vaqtda Sabrina operatsiyadan keyingi tiklanish jarayonida. U Turkiyadagi kasalxonada 8 soat davomida jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan.