верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Bitiruv kechasi 2025: Sizni haqiqiy bazm malikasiga aylantiradigan makiyaj trendlari
23.05.2025

Bitiruv kechasi 2025: Sizni haqiqiy bazm malikasiga aylantiradigan makiyaj trendlari

Bitiruv kechasi 2025: Sizni haqiqiy bazm malikasiga aylantiradigan makiyaj trendlari

Bitiruv kechasi – bu nafaqat maktab yoki universitet bilan xayrlashuv, balki yangi hayot bosqichining boshlanishi hamdir. Bu jarayonda makiyaj muhim rol o‘ynaydi. 2025-yilda esa trendlar yengillikni targ‘ib qiladi: yangilik, yaltirash, qiziqarli urg‘ular va ozgina jasorat. Siz uchun ushbu muhim kunni unutilmas kunga aylantirishga yordam beradigan eng yorqin makiyaj g‘oyalarini tayyorladik.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Bitiruv kechasi uchun makiyaj (pardoz)

Yaltirab turgan teri

Tabiiy porlash trendi hali ham asosiy o‘rinda. Qalin mat ton o‘rniga vizajistlar hozirda “nam teri” (glass skin) effektiga ega yengil tonal kremni tavsiya etishmoqda. Buning uchun terini yaxshi tayyorlash kerak: avval namlantiruvchi krem surting, so‘ng praymer qo‘llang. Keyin esa yonoqlar, burun va ko‘z burchaklariga kremli xaylayterni surtib makiyajingizga “sehrli porlash” effektini qo‘shing.

Moviy rangda smoky eyes

To‘q moviy, kobalt va indigo – bu mavsumning eng asosiy go‘zallik ranglari. Klassik smoki versiyasining bu dramatikroq ko‘rinishi suratlarda va kechki yoritishlarda ajoyib ko‘rinadi. Ushbu uslubdagi makiyaj quyidagicha amalga ochiriladi:

  • Yuqori qovoqqa to‘q moviy ten surting, qovoq qatlamigacha tarqating.
  • Tashqi burchakni qora yoki grafit rangli qalam bilan to‘qlashtiring.
  • Ko‘z qovog‘i markaziga metallik moviy ten yoki pigment qo‘shing.
  • Muvozanat uchun pastki qovoqda ham shu rang gammasini takrorlang.

Yaltirab turadigan rezavor rangli lablar

Mat lab bo‘yoqlarimi? Yo‘q, bu yilda ho‘l va shirador ko‘rinish trendda! Yorqin lab bo‘yoqlari yana modada. Gialuron kislotali parvarishlovchi shaffof shaftoli rangli lab blesklari – lablarni jozibali va latofatli qiladi. Hattoki Z avlodi, Kayli Jenner kabi influyenserlar ham bu trendni yaxshi ko‘rib qo‘llashadi.

Rangli kipriklar va podvodka

Klassik qora podvodkani unuting – hozirda turli ranglar trendda! Vizajistlar ko‘zlarni yorqin ranglar bilan ajratishni tavsiya etishmoqda: yorqin moviydan neon pushtigacha. Yana bir jozibali trend – rangli kipriklar, ular yana modaga qaytdi. Bu tendensiya makiyaj bilan tajriba qilishga undaydi va ko‘zlarni butun obrazning markaziga aylantiradi.

Metallik aksentlar

Butun dunyo bo‘ylab makiyaj ustalari: nazokatli futurizm – bu go‘zallik, deb aytishmoqda. Kumush, oltin, bronza, xrom yoki golografik soyalar? Metallik tanlov juda katta va har kim o‘ziga mosini topishi mumkin.

Metallik yaltirash turli: nozik strelkalar shaklida yoki butun qovoqni qamrab olgan yaltirash ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

  • Ajoyib ko‘rinadigan variantlardan biri – mat asos ustiga ko‘z ichki burchagi yoki qovoq markaziga metallik aksent qo‘shish. Bu qarashga yangi ko‘rinish beradi va makiyajni yanada ifodali qiladi.
  • Kechki chiqish uchun esa suyuq metallik tenlar bilan tajriba qilib ko‘ring – ular qovoqlarda nam yaltirash effektini hosil qilib, sizni xuddi vaqt mashinasidan chiqqandek ko‘rsatadi.

Yakuniy nuqta: o‘zligingizcha qoling

2025-yil bitiruv kechasi uchun makiyajning eng muhim qoidasi – individuallikdir. Sizga mos tushadigan va o‘zingizga ishonch bag‘ishlaydigan trendlarni tanlang. Porlang, tajriba qiling va har bir qiz o‘z balining malikasi ekanligini yodingizda tuting!

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.