Quyosh charaqlaydi, yomg‘irdan esa darak yo‘q: O‘zbekistonda haftalik ob-havo va har kun uchun 7 ta obraz


O‘zbekistonda haftalik ob-havo o‘z qoidalarini belgilayapti: yengil taomlar, suv muvozanatini saqlash, SPF kremni qalin qilib surtish va yaxshi kayfiyat. Albatta, 2025-yil yozgi zamonaviy obrazlar esa havoga monand yengil matolardan bo‘ladi. Aynan shunday kiyimlarni izlab Masha Zara va Mango do‘konlariga yo‘l oldi va u yerdan qiziqarli obrazlarni tanlab oldi. Kiyimlarga havolalarni esa doimgidek tavsifda topasiz!
Toshkentdagi haftalik: 19-25 may kunlari ob-havo prognozi
19-may
Dushanba ertalab O‘zgidromet yengil bulutli va quyoshli havo, +25 daraja atrofidagi haroratni va’da qilmoqda. Kunduzi havo yanada isiydi: +28 daraja, shamol va yog‘ingarchilik yo‘q. Kechqurun esa +24 daraja.
Mashada:
20-may
Ish haftasi qizg‘in tus oladi, xuddi deraza ortidagi harorat kabi. Seshanba kuni kunduzi +32 darajagacha, kechqurun esa +27 daraja issiqlik kutilmoqda. Tushkunlikka tushmaymiz va sevimli shahrimizda sayr qilamiz.
Mashada:
21-may
An’anaviy tarzda haftaning o‘rtasi – chorshanba kuni havo yanada issiydi: +35 daraja, quyosh charaqlaydi va hozirning o‘zida basseynga sho‘ng‘ish istagi tug‘iladi. Bu istak kechqurun ham yo‘qolmaydi: axir tashqarida +29 daraja issiq bo‘lishi kutolmoqda.
Mashada:
22-may
Payshanba – haftaning eng issiq kunlaridan biri, shuning uchun sog‘lig‘imiz haqida qayg‘uramiz va vaqtida soya joylarga o‘tamiz. Kunduzi harorat +37 darajagacha ko‘tarilishi mumkin, kechqurun esa +32 darajagacha tushadi.
Mashada:
23-may
Dam olish kunlariga tayyorgarlik rasman boshlandi, quyosh nurlari esa kayfiyatimizni ko‘tarmoqda va kelajakka ishonch bilan boqishni tavsiya qilmoqda. Kunduzi +35 daraja, yengil bulutli havo, kechqurun esa +29 daraja.
Mashada:
24-may
Shanba kuni ertalab Toshkent va boshqa viloyatlarda ob-havo biroz bulutli bo‘ladi, +26 daraja – nisbatan bo‘lsa-da salqinlik. Ammo bo‘shashmaymiz: kunduzi +31 daraja, kechqurun esa +29. Xohlagan ishimiz bilan shug‘ullanamiz va muzqaymoqqa hujum qilamiz!
Mashada:
25-may
Haftaning ikkinchi dam olish kunida osmonni biroz bulut qoplaydi, ammo jazirama issiqlik unchalik kamaymaydi. Kunduzi +31 daraja, kechqurun esa +26. Ish haftasiga tayyorgarlik ko‘ramiz, nafasni rostlaymiz va sevimli seriallarimizni tomosha qilamiz. Masalan, “Qizil sharbat”.
Mashada: