“Real” “Manchester Siti” futbolchisini 100 mln yevroga xarid qilmoqchi


Madridning “Real” klubi yozgi transfer bozori doirasida navbatdagi katta bitimga tayyorgarlik ko‘rmoqda. *Mundo Deportivo* nashri xabar berishicha, “qirollik klubi” “Manchester Siti” jamoasining markaziy yarim himoyachisi Rodri bilan shartnoma imzolashni mo‘ljallamoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar 29 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor. Klub rahbariyati aynan Rodrini hozirgi transfer bozorida o‘z narxiga munosib bo‘lgan yagona yarim himoyachi deb hisoblamoqda.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Bungacha “Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso bir nechta nomzodlarni ko‘rib chiqqan edi. U Germaniyaning “Shtutgart” klubi vakili Anxelo Shtiller, Italiya “Inter”ining a’zosi Nikolo Barella hamda Niderlandiyaning “AZ Alkmar” jamoasidan Kes Smitni ro‘yxatga kiritgan. Biroq klub prezidenti Florentino Peres bu futbolchilarni “qirollik klubi” darajasidagi o‘yinchilar deb bilmayapti.
Shu bilan birga, “Real” rahbariyati Rodrini qo‘lga kiritish oson bo‘lmasligini ham anglab turibdi. Ammo futbolchining ilgari “Real Madrid” taklifi bo‘lsa, albatta ko‘rib chiqishga tayyor ekanini bildirgani bu transferga nisbatan klubda ma’lum umid uyg‘otmoqda.
Transfer yuzasidan hali rasmiy muzokaralar boshlanmagan bo‘lsa-da, “qirollik klubi” kelasi haftalarda jiddiy harakatlarga kirishishi kutilmoqda.