верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Turk seriali “Qizil sharbat”: aktyorlari, ularning shaxsiy hayoti va Instagram sahifalari
17.02.2025 (yangilandi 05.06.2025)

Turk seriali “Qizil sharbat”: aktyorlari, ularning shaxsiy hayoti va Instagram sahifalari

Turk seriali “Qizil sharbat”: aktyorlari, ularning shaxsiy hayoti va Instagram sahifalari

“Qizil sharbat” turk seriali ikki oila o‘rtasidagi qarama-qarshilik haqida hikoya qiladi. Serial final topdi, ammo tomoshabinlar sevimli qahramonlarini sog‘inishdi. Shu bois biz loyihaning eng mashhur turk seriali aktyorlari haqida ma’lumot to‘pladik, ularning shaxsiy hayoti va Instagram sahifalarini ko‘rsatamiz.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Dog‘ukan Gyungyor (Fatih Unal)

Turk kino yulduzi bolaligidan aktyor bo‘lishni orzu qilgan. Maktabni tugatgach, universitetda aktyorlik bo‘yicha tahsil oldi va o‘qish davomida spektakllarda ishtirok etdi. Uning kino karyerasi teatr sahnalaridan boshlandi. U “Zumrad feniks” serialidan keyin mashhurlikka erishdi. Sila Turkog‘lu bilan sevgi munosabatlari haqida mish-mishlar tarqalgan edi, ammo bu faqat do‘stlik ekanligi aniqlandi. Hozircha Dog‘ukan Turkiyaning mashhur bo‘ydoqlari ro‘yxatida qolmoqda va Instagram’da 1,3 million obunachisi bor.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Sila Turkog‘lu (Doa)

“Qizil sharbat” turk serialining bosh aktrisasi garchi oilasi ijoddan yiroq bo‘lsa ham san’atga juda kuchli mehr qo‘ygan. Maktabda o‘qituvchilari unga rassomlik karyerasini tavsiya qilishgan, ammo u teatrga qiziqqan va aktyorlik yo‘lini tanladi. Uning debyuti “Ona, yig‘lamang” serialida bo‘lib, ilk muvaffaqiyatni esa “Qasamyod” seriali olib keldi. Aktrisa hozircha turmushga chiqmagan, ammo bir yil oldin paydo bo‘lgan yigiti uning muxlislarini xavotirga soldi. Uning Instagram sahifasida 2,7 million kuzatuvchi bor.

Mujde Uzman (Alev)

Mujde Uzman yoki Alev – hayoti og‘ir kechirgan turk aktrisasi. U turli janrlarda ijro eta oladigan aktrisalar qatorida va hatto “Muhtasham yuz yil” serialining bir nechta qismlarida ham rol o‘ynagan. Qiyin sharoitda voyaga yetgani sababli oliy ma’lumot olishga muvaffaq bo‘lmagan, ammo qat’iyati tufayli kinoga kirib kelgan. U hali turmushga chiqmagan, ammo 5 yildan beri bloger Ogujan Ugur bilan uchrashib kelmoqda. Ular ko‘p marta ajralishib, yana yarashishgan. Aktrisa hozirda turli seriallarda suratga tushadi va Instagram’da 1 million obunachiga yaqinlashib qoldi.

Evrim Alasya (Qiviljim)

U nafaqat iste’dodli aktrisa, balki sobiq sportchi hamdir. 5 yoshida oilasi uni badiiy gimnastikaga yozdirgan. Oradan yillar o‘tib, u xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan. Lekin u sportni tark etib, teatrga o‘tishga qaror qilgan. Kinoda 24 yoshida debyut qilgan, turk qizining eng mashhur loyihalaridan biri – “Muhtasham yuz yil”. 2012-yilda u yirik janjal markazida qoldi: aktrisani mashhur aktyor Haluk Bilginerning ajrashishiga sababchi deb ayblashdi. Garchi bu yolg‘on bo‘lsa ham, mish-mishlar uning rejissyor Bulent O‘zer bilan munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Barish Qilich (Omer)

“Qizil sharbat” serialida Omer rolini ijro etgan Barish Qilich Malatya shahrida tug‘ilgan, ammo 5 yoshida Istanbulga ko‘chib kelgan. U iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olib, AQShda ham bir muddat yashagan. Keyinchalik Turkiyaga qaytib, magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirdi va reklama roliklarida suratga tusha boshladi. Keyinchalik “Bolalarim” filmi orqali kinoga kirib keldi. 2007-yildan buyon baxtli turmush qurgan bo‘lib, uning rafiqasi – sayohat agenti Ayshagul Akmedir. Ular ikki o‘g‘il farzand tarbiyalashmoqda. Oilaviy suratlarini Barishning Instagram sahifasida ko‘rish mumkin.

Ahmet Myumtoz Taylan (Abdulla)

Otasi – alban, onasi – cherkes bo‘lgan Ahmet ikki oliy ma’lumotga ega. U iqtisod va aktyorlik bo‘yicha tahsil olgan. Universitetni tugatgach, Diyarbakir teatrida ishlagan, keyin esa bir necha yil Germaniyada yashagan. Vatanga qaytgach, Davlat teatr arboblari assotsiatsiyasida bosh kotib lavozimini egalladi. U aktrisa Aychin Indji bilan turmush qurgan, ammo keyinchalik ajrashishdi. Bu nikohdan farzand dunyoga kelmagan.

Sibel Tashchiog‘lu (Pembe)

Otasi – alban, onasi – cherkes bo‘lgan Ahmet ikki oliy ma’lumotga ega. U iqtisod va aktyorlik bo‘yicha tahsil olgan. Universitetni tugatgach, Diyarbakir teatrida ishlagan, keyin esa bir necha yil Germaniyada yashagan. Vatanga qaytgach, Davlat teatr arboblari assotsiatsiyasida bosh kotib lavozimini egalladi. U serial aktrisasi Aychin Indji bilan turmush qurgan, ammo keyinchalik ajrashishdi. Bu nikohdan farzand dunyoga kelmagan. Ahmad shaxsiy hayoti haqida aytishi boyicha, bularning barchasi taqdirning ishi. 

Jeren Yalazog‘lu (Nursema)

Tasviriy san’at fakultetini tamomlagan Jeren 2010-yilda kinoga kirib keldi, ammo haqiqiy mashhurlikka “Kechir meni” serialidan keyin erishdi. Ushbu loyiha 8 mavsumdan iborat bo‘lib, turli xil oilalarning hayoti haqida hikoya qiladi. Aktrisaning shaxsiy hayoti ham turli hodisalarga boy. Aynan shu serialning suratga olish maydonchasida u bo‘lajak turmush o‘rtog‘i – Osman Karakoch bilan tanishgan. Osman “Sevgi retsepti” filmi orqali tanilgan. Hozircha juftlikning farzandi yo‘q, ammo muxlislar yaqin kelajakda kutilgan yangilikni eshitishlariga ishonishadi. Jeren Karakochning Instagram sahifasida 700 ming obunachi uning hayotini kuzatmoqda.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Feyza Jivelek (Nilay)

Feyzaning yulduz bo‘lishi oldindan ma’lum edi, chunki qizning onasi barcha yirik turk kanallari uchun ssenariy yozgan. Shu sababli aktrisa bolaligidan kinoning ortida qanday jarayonlar kechishini bilgan va 11 yoshidan boshlab suratga tushgan. “Qizil sharbat” serialida unga juda ayyor Nilay roli nasib etdi. Serialda uning qahramoni turmushga chiqqan bo‘lsa-da, real hayotda Feyzaning shaxsiy hayoti murakkab: u aktyor Chag‘atoy Ulusoy bilan javobsiz sevgi munosabatida bo‘lgan, operator Alichan Kurt bilan munosabatlari esa hech qachon tasdiqlanmagan. Ammo uning Instagram sahifasida 2,7 million obunachi bor.

Selin Turkman (Chimen)

Yosh va jozibali Selin Turkman “Qizil sharbat” serialida Doaning singlisi rolini ijro etib, mashhurlikka erishdi. Biroq, ko‘pchilik uni “Eshigimni taqillat” serialidagi kichik epizodik roli orqali ham eslaydi. 2023-yil yozida aktrisa futbolchi Tayyib Sanuch bilan sevgi munosabatlarida ekani haqidagi mish-mishlar bilan gazeta sarlavhalariga chiqdi. Ammo uning shaxsiy hayoti haqidagi gap-so‘zlar tasdiqlanmagan bo‘lib chiqdi. Aktrisaning o‘zi esa: “Avval karyeramni quraman, turmushga chiqishga esa hali ulguraman, – deb tan olgan. U shuningdek, o‘zining Instagram obunachilari sonini oshirishni xohlaydi, hozircha esa u yerda 250 ming kuzatuvchisi bor.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.