Yozuvchi Jorj Martin Colossal Biosciences startapi tomonidan yaratilgan “lyutboʻrilar” bilan uchrashdi


Kompaniya va yozuvchining oʻzi Martinning kuchukchalar bilan tushgan suratlarini eʼlon qildi. “Mana men va Romul. Balki Remdir. Ular egizak va ularni bir-biridan ajratish qiyin”, — dedi “Muz va olov qoʻshigʻi” romanlar turkumi muallifi oʻz blogida (uning asosida “Taxtlar oʻyini” filmi suratga olingan). Martinning aytishicha, u kuchuklar bilan fevral oyidayoq tanishgan ekan.
Colossal Biosciences asoschilaridan biri Ben Lammning aytishicha, u yozuvchini kuchuklar bilan uchrashuvga shaxsan oʻzi olib kelgan. — Yigʻladi! U shunchaki hoʻngrab yigʻlardi. Martin bu tomoshani oʻzi koʻrgan eng ajoyib tomoshalardan biri boʻlganini aytdi, — dedi Lemm.
Amerikaning Colossal Biosciyences biotexnologiya startapi yaqinda Shimoliy Amerikada yashagan va 10 ming yildan ortiq vaqt oldin qirilib ketgan dahshatli boʻrini qayta yaratishga muvaffaq boʻlganini eʼlon qildi. Tajriba natijasida uchta sogʻlom bola tugʻildi: ikkita erkak va bitta urgʻochi boʻri.
Erkaklar Rimning afsonaviy asoschilari boʻri tomonidan oziqlantirilgan Romul va Rem sharafiga, urgʻochisi esa “Taxtlar oʻyini” qahramoni sharafiga Kxalisi deb nomlangan.
Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ular allaqachon Martin romanlari va kitoblar asosida suratga olingan seriallardagi ayiqlarga oʻxshatilgan.