Robert Pattinson “Dyuna 3” filmida antogonist rolini oʻynashi mumkin


Aktyor Robert Pattinson “Dyuna 3” filmining aktyorlar tarkibiga qoʻshilishi mumkin, deya xabar bermoqda Deadline. Legendary studiyasi esa hozircha bunga izoh berishdan bosh tortmoqda.
Manbalarga koʻra, aktyor bosh yovuz qahramon — Skateyl rolini oʻynaydi. Filmning suratga olish ishlari shu yilning yozida boshlanadi, Deni Vilnyov rejissorlik kursiga qaytadi.
“Filmga Timoti Shalame, Florens Pyu va Zendayani oʻz ichiga olgan a-list guruhi allaqachon jalb qilingan va ular rollariga qaytishi kutilmoqda. Shunga qaramay, bir nechta yangi aktyorlar boʻladi”, — deya maʼlum qilmoqda Deadline nashri.
Avvalroq Vilnyov yangi kartina Pol Atreydes hikoyasini yakunlashini, shuningdek, Frenk Gerbert “Dyuna” haqida yana toʻrtta kitob yozganiga qaramay, bu franshizadagi ishtiroki yakunlashini aytgan edi.
Frank Gerbert romani asosida suratga olingan ikkinchi film 2024-yil 28-fevralda katta ekranlarga chiqdi. Filmda Timoti Shalame, Ostin Batler, Zendaya, Florens Pyu, Rebekka Fergyuson, Xaver Bardem, Josh Brolin va Stellan Skarsgord bosh rollarni ijro etgan.