1
РУ
O’Z
UZS
/
/
Ronaldu Diogu Jotaning dafn marosimida qatnashmagani sababi ochiqlandi
07.07.2025

Ronaldu Diogu Jotaning dafn marosimida qatnashmagani sababi ochiqlandi

Ronaldu Diogu Jotaning dafn marosimida qatnashmagani sababi ochiqlandi

Portugaliyalik mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning “Liverpul” hujumchisi Diogu Jota va uning ukasi Andre Silvaning dafn marosimida ishtirok etmagani mamlakatda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Diogu Jota va ukasi 3-iyul kuni Ispaniyaning Samora viloyatida ro‘y bergan avtomobil halokatida halok bo‘lgan edi. 28 yoshli Jota “Liverpul” va Portugaliya terma jamoasining muhim a’zolaridan biri edi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Daily Mail nashrining yozishicha, ko‘pchilik Ronalduning marosimda qatnashishini kutgan. Chunki u nafaqat Diogu Jotaning jamoadoshi, balki Portugaliya terma jamoasining sardori ham hisoblanadi. Shunga qaramay, Mayorka OAVlariga ko‘ra, 40 yoshli hujumchi o‘sha vaqtda o‘zining “Azimut Grande” yaxtasida dam olayotgan bo‘lgan.

Portugaliyalik jurnalist Antoniu Ribeyru Krishtovaun bunga quyidagicha izoh bergan:

“U terma jamoa sardori. Shuning uchun ko‘pchilik uni marosimda ishtirok etadi, deb o‘ylagan edi”.

A Bola nashrining yozishicha, Ronaldu jamoatchilik e’tiborini jalb qilmaslik uchun marosimga bormaslikka qaror qilgan. Biroq u Jotaning yaqinlari bilan aloqada bo‘lib turgan.

Dafn marosimida esa ko‘plab taniqli futbolchilar — Bernardu Silva, Diogu Dalot, Fabinyo va boshqalar qatnashdi. Hatto Joau Kanselu va Ruben Neves kabi futbolchilar AQShda Klublar o‘rtasidagi JCHdagi ishtiroklarini yakunlab, marosimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchib kelishdi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.