Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Yaponiyalik taniqli qoʻshiqchi “Oʻzbek madaniyati elchisi” etib tayinlandi
07.02.2025

Yaponiyalik taniqli qoʻshiqchi “Oʻzbek madaniyati elchisi” etib tayinlandi

Yaponiyalik taniqli qoʻshiqchi “Oʻzbek madaniyati elchisi” etib tayinlandi

Yaponiyalik taniqli qoʻshiqchi va sozanda Mashu Komazaki “Oʻzbek madaniyati elchisi” etib tayinlandi.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

Mazkur loyiha Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida madaniy aloqalarni yanada kengaytirish, yurt boy madaniy merosi, xususan milliy musiqasi va kuylarini kunchiqar mamlakatda keng targʻib qilish maqsadida mamlakat elchixona tomonidan Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Mamlakat elchixonasi tomonidan Mashu Komazakini Yaponiyadagi “Oʻzbek madaniyati elchisi” etib tayinlashga bagʻishlangan tantanali tadbir oʻtkazildi. Unda elchi Muhsinxoʻja Abdurahmonov Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi madaniy-maʼrifiy aloqalarni rivojlantirish, yapon jamoatchiligini yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirishga qoʻshayotgan munosib hissasi uchun Komazaki Mashuga “Oʻzbek madaniyati elchisi” koʻkrak nishoni va sertifikati tantanali ravishda topshirdi.

Elchi “Oʻzbek madaniyati elchisi” degan maqom birinchi boʻlib Yaponiya fuqarosiga berilgani, albatta Oʻzbekiston hukumati tomonidan Yaponiya bilan madaniy aloqalarni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning tasdigʻi ekanligini taʼkidladi. Ushbu yuksak maqom Komazaki Mashuga Yaponiyada Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatini yanada targʻib qilishida keng imkoniyatlar ochilishi qayd etildi.

Mashu Komazaki bunday sharafli maqomni xorijiy fuqarolar orasida birinchi boʻlib olganidan benihoya baxtli ekanligini bildirib, yuksak ishonch uchun Oʻzbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.