РУ
O’Z
UZS
/
/
“Sayyora goʻzali” tanlovi yakunlandi. Unda kim gʻolib boʻldi?
28.11.2024 (yangilandi 29.11.2024)

“Sayyora goʻzali” tanlovi yakunlandi. Unda kim gʻolib boʻldi?

“Sayyora goʻzali” tanlovi yakunlandi. Unda kim gʻolib boʻldi?

27-noyabr chorshanba kuni Kambodjada “Sayyora goʻzali 2024” xalqaro goʻzallik tanlovining final bosqichi boʻlib oʻtdi. Gʻalaba va qimmatbaho unvon Birlashgan Arab Amirliklari vakilasiga nasib etdi. Bu mamlakat tarixda birinchi marta ushbu shou gʻolibi boʻldi.

Eng yaxshi model sifatida plastik jarroh Mahra Lutfri tan olindi. U 59 nafar raqibini ortda qoldirdi. Bu haqda shouning YouTubeʼdagi rasmiy efiridan maʼlum boʻldi. Finalda u birinchi oʻrin uchun Indoneziya vakilasi bilan ham bellashdi.

Biroq Indoneziya vakilasi ekologiya sohasidagi yutuqlari va BMTning 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlarini qoʻllab-quvvatlagani uchun “Sayyora farishtasi” unvoni bilan taqdirlandi. Maʼlumki, tanlovning maqsadlaridan biri nafaqat eng goʻzal qizni, balki muhim ekologik va ijtimoiy oʻzgarishlarni targʻib qiluvchi modelni ham tanlashdan iborat.

Gʻoliblik tojini qoʻlga kiritgan Lutfri Instagramda oʻz gʻalabasi haqida fikr bildirdi. Xususan, u bu BAAning tanlov tarixidagi birinchi gʻalabasi ekanligini taʼkidladi, shuningdek, uni qoʻllab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirdi.

“Xalqaro goʻzallik tanlovida gʻolib boʻlgan birinchi BAA fuqarosi! Menga ishonganingiz uchun rahmat. Kambodjaga va menga ovoz bergan barchaga tashakkur”, — deb yozdi Mahra.

Shuningdek, u tanlovdan barqaror rivojlanish maqsadlariga va oʻzining ilmiy tadqiqotlariga eʼtiborni jalb qilish uchun foydalanganini taʼkidladi. Shuni ham aytish joizki, model bosh unvondan tashqari “Sayyora goʻzali Ijtimoiy tarmoqlari” unvoniga ham sazovor boʻldi. Qizning Instagramʼda deyarli 10 million obunachisi bor.

“Lutfri “Sayyora goʻzali” tanlovidan BMTning barqaror rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash uchun foydalandi. U oʻsimliklarning oʻzak hujayralarini oʻrganish boʻyicha oʻzining innovatsion ishi haqida soʻzladi. U ekologik barqarorlik va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun qayta tiklash va qishloq xoʻjaligidagi innovatsiyalarga eʼtibor qaratdi. Ushbu gʻalaba nafaqat BAAga faxr keltirdi, balki Lutfrining ilm-fanga boʻlgan ishtiyoqini ham namoyish etdi”, — deyiladi gʻolibaning boshqa postida.