РУ
O’Z
UZS
/
/
YAYA abonementlik tizimi Oʻzbekiston bozoriga kirib kelmoqda
15.10.2024

YAYA abonementlik tizimi Oʻzbekiston bozoriga kirib kelmoqda

YAYA abonementlik tizimi Oʻzbekiston bozoriga kirib kelmoqda

Bolalar markazlari uchun yagona abonement taqdim etuvchi Qozogʻistonning YAYA startapi Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini boshlashga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Kompaniya asoschisi Laura Yeraliyevaning aytishicha, Toshkentda allaqachon dastlabki jamoa shakllangan. Hozirda bolalar markazlarini tizimga ulash jarayoni olib borilmoqda

Shu paytgacha platforma mahalliy veb-sayt va Instagram sahifasini ishga tushirgan. Yeraliyevaning taʼkidlashicha, bu qadam kompaniyaning Qozogʻistondan tashqariga birinchi kengayishi boʻladi

Tadbirkor qoʻshimcha qilishicha, xalqaro bozorlarga chiqish - loyihani rivojlantirishdagi muhim bosqich, biroq jamoa shoshilmayapti va yangi hududlarni puxta oʻrganmoqda. Xususan, kompaniya tahlilchilari rivojlangan moliyaviy texnologiyalar xizmatlari va bolalar faoliyati uchun infratuzilmaga ega million aholiga ega shaharlarning salohiyatini oʻrganishmoqda

YAYA startapi — Qozogʻistondagi 250 dan ortiq bolalar markazlarida barcha turdagi faoliyat va sinfdan tashqari mashgʻulotlar uchun yagona bolalar abonement tizimi hisoblanadi. Xuddi shunday tizim 1Fitda ham qoʻllaniladi, biroq Yayaʼda foydalanuvchilar uy yaqinidagi toʻgaraklar va mashgʻulotlarni topish imkoniyatiga ega