/
/
Xonanda Dilnoz ilk marta yakkaxon konsert beradi
09.07.2024

Xonanda Dilnoz ilk marta yakkaxon konsert beradi

Taniqli xonanda Dilnoz Hakimova ilk marta yakkaxon konsert beradi. Qoʻshiqchi buning uchun katta tayyorgarlik koʻrilayotganini maʼlum qilgan.

Xonanda Dilnoz ilk marta yakkaxon konsert beradi

Dilnoz Hakimova tez orada yakkaxon konsertini tashkillashtiradi.

Xonanda muxlislari orasida soʻrovnoma oʻtkazib, konsertga kelish-kelmasliklarini soʻragan. Aksariyat tinglovchilar u bilan barcha qoʻshiqlarni jonli aytishga umid bildirmoqda.

Shuningdek, Dilnoz 10-iyul kuni “Oshiqman” deb nomlangan yangi taronasini premyera qiladi. Konsert dasturi ham premyeralarga boy boʻlishi vaʼda qilingan. Ammo dastur sanasi hozircha nomaʼlum.

Dilnoz Hakimova bir qancha hit taronalar muallifi hisoblanadi. Jumladan, “Saharlarda”, “Daydi”, “Gulbadan” kabi qoʻshiqlari bilan tanilgan. Uni xalq orasida Konsta bilan birgalikda kuylangan “U haqida” qoʻshigʻi ancha mashhur qilgan.