Shahram Gʻiyosov ikkita kamar uchun ringga chiqadi
WBA yoʻnalishida yarim oʻrta vazn toifasida majburiy daʼvogar maqomiga ega boʻlgan Shahram Gʻiyosov 12-aprel kuni boʻlib oʻtadigan Eymantas Stanionis va Jeyron Ennis oʻrtasidagi chempionlik jangiga rozilik berdi. U bu qarorni keyinchalik ushbu jang gʻolibi bilan ringga chiqish sharti asosida qabul qilgan.
The Ring nashriga koʻra, WBA ushbu jang boʻyicha ruxsat bergan. WBA qoidalariga muvofiq, Stanionis jamoasi majburiy daʼvogar Shahram Gʻiyosovga taklif bilan chiqqan va u jangni oʻtkazishga rozilik bildirgan.
WBA qaroriga binoan, Stanionis va Ennis oʻrtasidagi jang gʻolibi 120 kun ichida Gʻiyosovga qarshi ringga chiqishi shart boʻladi.
Bundan tashqari, The Ring nashrining maʼlumotiga koʻra, Shahram Gʻiyosov ham 12-aprel kuni Atlantik-Sitida tashkil etiladigan boks kechasida ringga chiqadi. Sportchining bergan maʼlumotiga koʻra, uning bu jangdagi raqibi hozircha aniq emas.