18.10.2025
Tim Byorton haqidagi hujjatli serial treyleri e’lon qilindi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Internetda to‘rt qismli “Tim Byorton: Muvofiq hayot” loyihasining ilk treyleri paydo bo‘ldi.
Mashhur rejissyor Tim Byortonning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan serial 23-oktyabrda onlayn namoyish etiladi.
Tasvirga olish jarayonida Byortonning o‘zi, shuningdek, uning aktyorlari va hamkasblari, jumladan, Jonni Depp, Helena Bonham Karter, Vaynona Rayder, Jenna Ortega, Maykl Keton va boshqalar ishtirok etishdi.
Serialni Tara Vud (“Bir paytlar... Tarantino”) rejissyorlik qilgan. Jahon premyerasi o‘tgan yili Tribeka kinofestivalida bo‘lib o‘tdi. Byorton yaqinda “Uenzdey” serialining ikkinchi mavsumidagi bir nechta qismlarni suratga olgandi.