21.02.2025
Sitora Farmonova yana turmush o‘rtog‘i bilan surat joyladi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Aktrisa Sitora Farmonova ayni vaqtda chet elda umr yo‘ldoshi bilan birga dam olmoqda. U oilaviy suratlarini e’lon qildi.
San’atkor bir qancha vaqtdan beri O‘zbekistondan tashqarida istiqomat qilmoqda. U turmush o‘rtog‘i Dubayda yashashini aytgandi.
Juftlik ayni damda issiq o‘lkalardan birida dam olyapti. Farmonova bu jarayondan bir qancha videolar joylab borayotganini ko‘rish mumkin.
21-fevral kuni yuklangan story’larda xonanda umr yo‘ldoshi bilan birga surat joylagan. U ichidagi kapalaklar haqida yozgan.