/
/
Vizajist Akobir Ashurkulovich uylandi va toʻyidan olingan noyob kadrlarni namoyish qildi
01.08.2024

Vizajist Akobir Ashurkulovich uylandi va toʻyidan olingan noyob kadrlarni namoyish qildi

Blogerning nikoh marosimi 28-iyul kuni boʻlib oʻtgan. Unga juftlikning oila aʼzolari va yaqin doʻstlari tashrif buyurgan.

Taniqli vizajist Akobir Ashurkulovich uylandi

24-iyul kuni taniqli vizajist va bloger Akobir Ashurkulovich oʻzining nikoh marosimini oʻtkazdi.

Akobir Instagramʼdagi sahifasiga video joylashtirib, nikoh marosimidan olingan lavhalar bilan boʻlishdi. Muxlislar quvonchli voqeani mamnuniyat bilan qabul qilib, yangi turmush qurganlarni tabrikladi.

Akobir 8-iyun kuni sevgan qizining qoʻlini soʻragandi. Juftlik 26-iyun kuni diniy nikohdan oʻtgan. Koʻplab kuzatuvchilar barcha marosimlar uyushtirilgani va qiz biror taniqli aktrisa boʻlishini taxmin qilmoqda.

1-avgust kuni esa toʻy marosimi oʻtkazilmoqda. Unda Ilhom Farmonov, Abdulla Qurbonov kabi estradaning taniqli yulduzlari ham ishtirok etgan. Bloger bu kun unutilmas boʻlishini vaʼda bergan.