"Smeshariklar"ning PUL haqidagi eng yaxshi 9 ta seriyasi: bolalikdan moliyaviy savodxonlikka o‘rgatamiz (video)


Bolalarga pul o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligini, uni aql bilan sarflash kerakligini qanday tushuntirish mumkin? Buning ajoyib usuli - ularga sevimli multserialini ko‘rsatish! "Smeshariklar" moliya, daromad, jamg‘arma va hatto tejamkorlik haqida oson va tushunarli tarzda hikoya qiladi. Hamkorimiz Pulbek.uz kichkintoylarga moliyaviy savodxonlik asoslarini o‘rganishga yordam beradigan eng yaxshi 9 ta seriyani to‘pladik.
Multfilm mualliflari "Moliyaviy savodxonlik alifbosi" mavzusida butun bir turkum seriyalarni yaratdilar. Quyida ulardan ba’zilari keltirilgan:
Investitsiyalash haqida
Misollardan birida qahramon yirik foyda ketidan quvib, pulini katta tavakkalga qo‘yadi va uni yo‘qotadi. Multfilmdan bola pul va kokos yong‘og‘iga sarmoya kiritishning turli risklari haqida bilib oladi.
- "Jannat oroli"
- "Saxovatli ish"
Kredit haqida
- “Zolushka”
Nyusha qimmatbaho ko‘ylak uchun kredit oladi. Faqat keyinroq u pulni qaytarish kerakligini tushunib yetadi. Buning uchun ko‘p mehnat qilishga to‘g‘ri keladi.
Xarajatlarni rejalashtirish haqida
- “Oltin olma”
Seriyaning asosiy g‘oyasi biror narsa sotib olishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerakligini bildiradi.
Oldi-sotdi shartnomasi haqida
- “Qopdagi kaktus”
G‘oya: aldanib qolmaslik uchun nima sotib olayotganingizni ko‘rishingiz va hujjatlarni o‘qishingiz lozim. Agar hamma narsa to‘g‘ri qilinsa, qonun sen tomonda.
Jamg‘armalar haqida
- “Qora kun”
Smeshariklar pul to‘lamagani uchun uyining chirog‘ini o‘chirib qo‘yishdi. Yaxshiyamki, qahramonlardan birining har ehtimolga qarshi jamg‘armasi bor edi.
Byudjetni taqsimlash haqida
- “Zo‘rlarning zo‘ri”
Boyqush (Sovunya) mukofot yutib oldi va boshqa qahramonlar bilan birga pulni qanday sarflashni hal qiladi. Natijada ularni bir necha qismlarga bo‘lishadi.
Moliyaviy maqsadlar va ularga erishish haqida
- “Rejangiz bormi?”
Qahramonlar skuterga pul jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishadi.
Mol-mulkni sug‘urtalash haqida
- “Har ehtimolga qarshi”