Telegramda o‘chirilgan xabarni qanday tiklash mumkin: to‘liq qo‘llanma
Agar siz Telegramda xabar yoki butun suhbatni, shuningdek, tasodifan o‘chirilgan foto va videolarni tiklamoqchi bo‘lsangiz, imkoniyatlar unchalik ko‘p emas. Ammo bu ishni amalga oshirishning bir nechta yo‘li mavjud. Keling, barcha ma’lumotlarni qanday qilib o‘z joyiga qaytarishni ko‘rib chiqamiz.
Telegramda o‘chirilgan xabarni tiklash
Dastlabki 5 soniya ichida tiklash
Agar siz shoshma-shosharlik bilan Telegramda xabar yoki suhbatni o‘chirib qo‘ygan bo‘lsangiz, bir yaxshi va bir yomon xabarimiz bor. Yaxshi xabar: uni o‘z vaqtida va mustaqil ravishda tiklash imkoniyati mavjud. Yomon xabar: bu uchun sizda atigi 5 soniya vaqt bor – bu vaqt ichida “Bekor qilish” tugmasi ko‘rinib turadi. Sizga faqat ushbu tugmani bosishga ulgurish kerak.
Hamkor suhbatdosh yordamida tiklash
Telegramda xabarni o‘chirishning ikki usuli bor: faqat o‘zingizda yoki o‘zingizda va suhbatdoshda ham. Agar siz faqat o‘zingizdan o‘chirish variantini tanlagan bo‘lsangiz, suhbatdoshingizdan xabarni qayta yuborishni so‘rang.
Telegram texnik yordam xizmati orqali tiklash
Agar yuqoridagi usullar yordam bermasa, Telegram administratsiyasidan yordam so‘rashingiz mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajaring:
- Telegramga kiring.
- Sozlamalar bo‘limini oching.
- Suhbatlar sozlamalari (Chat Settings) bo‘limini tekshiring. Agar bu yerda tiklash imkoniyati yo‘q bo‘lsa, boshqa usulni tanlang.
- Telefoningizdagi istalgan brauzerni oching.
- “Telegram Support” yoki “Telegram Yordam” deb qidiring. Rasmiy havolaga o‘ting.
- Paydo bo‘lgan sahifada muammoingizni yozing.
Misol uchun:
“Salom Telegram! Men o‘z xabarimni o‘chirib yubordim va uni tiklay olmayapman. Iltimos, bu muammoni hal qilishda yordam bering. Rahmat.”
- Elektron pochta manzilingiz va telefon raqamingizni ko‘rsating. So‘ng “Yuborish” tugmasini bosing.
- Telegram jamoasi xabar, foto, video va suhbatlarni tiklashni 48 soat ichida amalga oshirishni va’da beradi.
Arxiv orqali tiklash
Ba’zida tasodifan arxivga o‘tgan chatlarni topish va tiklash mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajaring:
Mobil qurilmada:
Telegramni oching. Chatlar ro‘yxatida pastga torting. Bu harakat “Arxivlangan chatlar”ni (odatda yuqorida paydo bo‘ladi) ko‘rsatadi. “Arxivlangan chatlar” tugmasini bosing va barcha arxivlangan chatlarni ko‘ring.
Kompyuterda:
Telegramning kompyuter ilovasini oching. Yuqoridagi uchta chiziqcha yoki “Menyu” tugmasini toping. “Arxivlangan chatlar” bo‘limiga kirib, kerakli chatni toping.
Arxivdan qaytarish
Kerakli chatni topgandan so‘ng, uni asosiy chatlar ro‘yxatiga qaytarish uchun: iOS’da chapga, Android’da o‘ngga suring. Kompyuterda chatni o‘ng tugma bilan bosing va “Arxivdan chiqarish”ni tanlang.
Muhim:
Agar xabar asosiy chat yoki arxivdan o‘chirilib, bu o‘chirish har ikki tomon tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa, uni tiklashning imkoni yo‘q. Telegram maxfiylikka katta e’tibor qaratadi, shuning uchun tasdiqlangan o‘chirishdan keyin faqat suhbatdoshdan xabar nusxasini olishga harakat qilishingiz mumkin.
Telegramda yozishmalarni yuklab olish
- Telegram Desktop orqali:
Kompyuteringizda Telegramni oching. Saqlamoqchi bo‘lgan suhbatni tanlang. Suhbat ustiga o‘ng tugma bilan bosing va “Chat tarixini eksport qilish”ni tanlang. Qaysi ma’lumotlarni yuklash (xabarlar, foto, video va boshqalar) va qaysi formatda saqlashni tanlang.
- Muhim xabarlarni skrinshot qiling
Faqat bir nechta xabarni saqlash kerak bo‘lsa, skrinshot qilishni unutmang – bu eng oson usul.
- Xabarlarni ko‘chirib, alohida hujjat yarating
Kichik hajmdagi yozishmalarni qo‘lda nusxalab, matnli faylga joylashtirishingiz mumkin. Shu tariqa, ma’lumotlaringiz har doim yoningizda bo‘ladi.
- Telegramda maxsus dasturlardan foydalanish
Telegram chatlarini eksport qilish uchun maxsus dasturlar mavjud. Biroq, ulardan foydalanishda ehtiyot bo‘lish kerak, chunki ular sizning ma’lumotlaringiz maxfiyligini buzishi mumkin.
Telegramda ma’lumotlarni saqlashni qanday sozlash mumkin
Mobil qurilmada xotirani boshqarish
Telegram ilovasini oching. “Sozlamalar” bo‘limiga o‘ting va “Ma’lumotlar va xotira” bandini tanlang. Bu yerda siz xotirani boshqarishingiz, keshni tozalashingiz va mediafayllarning qurilmangizda qancha vaqt saqlanishini belgilashingiz mumkin.
Media avtomatik yuklashni sozlash
“Ma’lumotlar va xotira” bo‘limida mobil ma’lumotlar va Wi-Fi uchun media avtomatik yuklash parametrlarini sozlashingiz mumkin. Shuningdek, qaysi turdagi fayllarni yuklashni tanlashingiz mumkin (foto, video, hujjatlar).
Bulutdagi ma’lumotlarni saqlash
Telegram chatlaringizning barcha tarixi bulutda saqlanadi, shuning uchun yangi qurilmada hisobingizga kirganingizda barcha xabarlaringizga kirish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Buning uchun ikki bosqichli autentifikatsiyani yoqib, hisobingizni himoyalashni unutmang.
Ushbu usullar sizga Telegramdagi muhim yozishmalarni saqlash va maxfiylikni ta’minlashda yordam beradi. Shuningdek, ilovada saqlangan barcha “sirlarga” (ochiq yoki yashirin) har doim kirish imkkoniyatingiz bo‘ladi!