O‘rgatuvchi multfilmlar: eng kichkintoy bolalar uchun TOP 5 talik


O‘rgatuvchi, rivojlantiruvchi va albatta farzandingiz uchun foydali – Telecom TVdan eng yaxshi ma’rifiy multseriallar to‘plamini tuzdik. Ular shakllar, tabiat, vaqt va boshqa ko‘plab mavzular haqida. O‘zingiz uchun saqlab qo‘ying va bepul tomosha qiling!
Multseriallar: bolajonlar uchun 5 ta eng yaxshilari
Shaklchalar
Janr: komediya
Mavsumlar: 1
Qismlar: 20

“Shaklchalar” multserialining qahramonlari bolaning shakllar olami bilan tanishishiga yordam beradi. Ular shakllar qayerga mos tushishini, nimaga o‘xshashini, qanday o‘zgarishini ko‘rsatishadi va o‘z sarguzashtli hikoyalarini yaratishadi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Quvnoq bog‘
Janr: komediya
Mavsumlar: 1
Qismlar: 20

Sehrli Bog‘da mevalar, sabzavotlar, rezavorlar, gullar va o‘simliklar o‘sadi. Urug‘lar unadi, atirgullar, qulupnay va boshqa hosillar yetiladi. Ular sinxron raqsga tushib, bolani o‘ziga jalb qiladi. Xayrlashishdan oldin esa kichik qahramonlar bolaga hid va ta’mdan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatadi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Tabiatning do‘stlari
Janr: komediya
Mavsumlar: 1
Qismlar: 20
Bu multserial bolalarni yil fasllari bilan tanishtiradi. 20 qism davomida tabiat olami – hayvonlar va o‘simliklarning turmushi, ular har bir fasldan qanday zavq olishlari haqida so‘zlab beriladi. Axir tabiatning har turdagi ob-havosi foydalidir!
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Tik Tak
Janr: komediya
Mavsumlar: 1
Qismlar: 10
“Tik Tak” multseriali bolaga vaqt tushunchasini o‘yinga asoslangan shaklda tushuntiradi. Quvnoq qizcha Lola “soat nechchi” ekanini aytadi va hikoyachi Genri bilan birgalikda kunning turli paytlarida nima bilan shug‘ullanish kerakligini ko‘rsatadi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Xayrli tun
Janr: komediya
Mavsumlar: 1
Qismlar: 9
Multfilm uxlashni hammadan ko‘proq yaxshi ko‘radigan Lili ismli qizaloq haqida. Farzandingiz “nima uchun?” deb so‘rasa, javob oddiy: har kecha u va uning ayiqchasi sevimli alla qo‘shiqlarini tinglaydi. Bolangizni ham qahramonlarga qo‘shilishiga taklif qiling – bu juda yaxshi “uxlatuvchi multfilm”!
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
