29.01.2025
Toshkent metrosida 2024-yil 270 million yoʻlovchi tashildi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
2024-yilda Toshkent metrosi 270,3 million yoʻlovchi tashidi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi matbuot xizmati.
Bu 2023-yilda tashilgan 172 million yoʻlovchiga nisbatan 98,3 million yoki 57,2 foiz koʻp deganidir.
Taqqoslash uchun, 2022-yilda metrodagi yoʻlovchilar soni 136,7 million, 2021-yilda 101,8 million, pandemiya yili boʻlgan 2020-yilda esa 38,8 million kishini tashkil etgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 16-dekabr kuni Toshkent metropoliteni ilk bor bir kunda 1 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgandi.
O‘xshash mavzular
Diyora Keldiyorova: dzyudochi qizning biografiyasi, medallari va shaxsiy hayoti. U qanday qilib “Elle” muqovasiga chiqdi?
13-fevral uchun munajjimlar bashorati: Tarozilar shoshilinch qarorlar qabul qilmagani maʼqul, Qovgʻalarni esa kutilmagan istiqbollar kutmoqda
Ob-havo maʼlumoti: 13-fevral kuni harorat +15 boʻladi