Urganch xalqaro aeroporti aerodrom ochildi
Qoplamaning laboratoriya tadqiqotlari Oʻzbekiston Transport vazirligi huzuridagi Transport sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining tahliliy-sinov boʻlimi tomonidan amalga oshirilgan.
Urganch xalqaro aeroporti 2024-yil 5-avgustdan faoliyatini tikladi. Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da samolyotlarning uchib kelishi/ uchib ketishi boʻyicha barcha cheklovlar olindi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent – Urganch yoʻnalishi boʻyicha birinchi HY57 reysi bortida 146 nafar yoʻlovchi bilan soat 21:55 da Urganch aeroportiga qoʻndi.
Avval xabar qilinganidek, qurilish-taʼmirlash ishlari muddatidan oldin yakunlandi, buning natijasida aeroport belgilangan muddatdan ikki kun oldin ochildi. Pudratchi sifatida “Urganch yoʻllardan muntazam foydalanish” davlat unitar korxonasi, bosh loyihachi sifatida “Niiat” injiniring kompaniyasi ishlarni amalga oshirdi. Qoplamaning laboratoriya tadqiqotlari Oʻzbekiston Transport vazirligi huzuridagi Transport sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining tahliliy-sinov boʻlimi tomonidan amalga oshirildi.
Urganch xalqaro aeroporti uchish-qoʻnish yoʻlagini kapital taʼmirlash ishlari boshlangani munosabati bilan joriy yilning 20-iyul kuni oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan edi. Ikki hafta ichida katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan, uzunligi 3000 m va eni 45 m boʻlgan uchish-qoʻnish yoʻlagi qoplamasi almashtirildi va mustahkamlandi, ikkinchi va uchinchi yurish yoʻlaklari kapital taʼmirlandi. Bu aeroportga Boeing787 va AirbusA330 kabi keng fyuzelyajli samolyotlarni cheklovlarsiz qabul qilish va oʻz navbatida Urganch shahriga reyslar soni va yoʻlovchilar oqimini koʻpaytirish imkonini beradi.