Hambi Yangi yil aksiyasini ishga tushirdi! BYD Song Pro, iPhone 16 Pro Max va boshqa sovg‘alarni yutib oling!
Bayram mavsumi ochiq deb e’lon qilamiz! Agar siz Beeline (yoki boshqa operator) abonenti bo‘lsangiz, o‘zingizga unutilmas sovg‘a ulashish uchun “Yangi yil Hambi Fortuna” o‘yinida omadingizni sinab ko‘ring. O‘yin 29-dekabrgacha davom etadi, super sovrinlar esa 30-dekabr kuni o‘ynaladi. Orzularingizdagi avtomobilni yutib olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
“Yangi yil Hambi Fortuna” – bu omad g‘ildiragidir. Uni aylantirib, foydalanuvchilar oraliq sovrinlar – 150 GB internet paketlar, “oltin raqam” chegirmalari va boshqa sovg‘alarni qo‘lga kiritishadi. Ammo eng muhimi – super sovrinlarni yutib olish imkoniyati!
Super sovrinlar:
🚗 2 ta BYD Song Pro avtomobili
📱 1 ta iPhone 16 Pro Max
📱 1 ta iPhone 16 Pro
📱 1 ta iPhone 16
📱 5 ta Samsung Galaxy A06
Tanlovda qatnashish shartlari qanday? Qoidalar:
1. Hambi ilovasini yuklab oling (iOS, Android).
2. Ro‘yxatdan o‘ting: buning uchun telefon raqamingiz (Beeline yoki boshqa operator) kerak bo‘ladi.
3. Menyudan “Dolzarb” bo‘limini oching va “Hambi Fortuna” o‘yin belgisini bosing.
4. Tayyor! Oldingizda omad g‘ildiragi – “Aylantirish” tugmasini bosing va o‘yinni boshlang!
3 marta aylantirish orqali oraliq sovrinlar va super sovrin uchun imkoniyatlarni qo‘lga kiritasiz. Har bir aylantirish – +1 imkoniyat!
Bir kunda necha marta aylantirish mumkin?
Beeline va boshqa operator abonentlari uchun bepul aylantirishlar soni: 3 marta.
Faqat Beeline abonentlari uchun Hambi Fortuna Plus – cheksiz aylantirish imkoniyati mavjud. Bir aylantirish narxi – 990 so‘m.
Muhim:
- Hambi halol o‘yin tarafdori, shuning uchun o‘yinchilar reytingi yo‘q. Qancha ko‘p aylantirsangiz – shuncha ko‘p imkoniyatga ega bo‘lasiz! Super sovrinlar randomayzer – tasodifiy tanlash orqali tanlanadi.
- Har bir ro‘yxatda o‘tgan raqamga bitta super sovrin cheklangan, ammo oraliq sovrinlar cheklanmagan, ular yig‘ilib boradi.
- O‘yinda qatnashish mutlaqo bepul. Shunchaki har kuni 3 marta aylantirib, ulkan sovg‘alarni yutib olishingiz mumkin.
Yutish imkoniyatingizni qanday bilish mumkin?
Hambi Fortuna ilovasida “Sovrinlar tarixi” bo‘limini oching hamda olingan sovrinlar va aylantirishlaringizni hisoblang. Sizning “balansingiz” “G‘ildirakni aylantirish” tugmasi ostida joylashgan.
G‘olib ekanligingizni qanday bilasiz?
Super sovrin yutganingizda, 30-dekabr kuni jonli efirda sizga qo‘ng‘iroq qilishadi. Shuning uchun, o‘yin o‘tkazilgan raqamli telefoningiz quvvatini to‘ldirib qo‘ying!
Eslatib o‘tamiz, o‘yinda 3ta iPhone, 5 ta Samsung Galaxy va 2 ta BYD Song Pro avtomobillari qo‘yilgan!
Jonli efir: Hambi’ning Instagram sahifasida barcha yangiliklarni kuzatib boring. Yoki hambi.uz saytida o‘yin jarayonini kuzatishingiz mumkin.
O‘yin 29-dekabrgacha davom etishini yana bir bor eslatib o‘tamiz. Hoziroq sovrinlarni yig‘ishni boshlang va orzuingizdagi avtomobilga yaqinroq bo‘ling!