РУ
O’Z
UZS
/
Pul
/
Uzum’da bestseller kitoblar - ularni 2024-yil kuzida o‘qish shart
21.09.2024

Uzum’da bestseller kitoblar - ularni 2024-yil kuzida o‘qish shart

Uzum’da bestseller kitoblar - ularni 2024-yil kuzida o‘qish shart

Uzum’da kattalar va bolalarga manzur bo‘ladigan eng mashhur 9 ta kitob. Psixologiyaga oid nashrlardan tortib rivojlantiruvchi kitoblargacha, she’rlardan romanlargacha. Hatto sarmoya kiritishni o‘rganib, millioner bo‘lishni istaganlar uchun ham bor.

 

Gapirishni o‘rganamiz

Bolalar nutqini o‘stirishga mo‘ljallangan kitoblar turkumi, ular yordamida kichkintoylar hatto eng murakkab tovushlarni ham talaffuz qilishni o‘rganadi. To‘plamda turli mavzudagi bir nechta kitoblar mavjud: "Guldirashlar"dan tortib "Tasvirlashlar"gacha. Rangli va qiziqarli.

Narxi: 18 000 so‘m

Sotib olish

Doriana Greyning portreti, Oskar Uayld

Bu janr klassikasi va har bir kishi o‘qishi shart bo‘lgan kitoblardan biri. Narsist inson, o‘ziga mahliyo Grey haqidagi hikoya hanuzgacha o‘quvchilarni hayratga soladi va psixologlar uchun ilhom manbayi bo‘lib qolmoqda.

Narxi: 36 000 so‘m

Sotib olish

Vavilonning eng boy odami, Jorj Kleyson

Moliyaviy savodxonlikni rivojlantirishni xohlayotgan, muvaffaqiyat va farovonlikka intiladiganlar uchun. Shuningdek, daromadlarini ko‘paytirishni orzu qilayotgan biznesmenlarga ham mos keladi.

Narxi: 45 000 so‘m

Sotib olish

Garri Potter va faylasuf toshi, Joan Rouling

"Xogvarts"ning yosh sehrgari haqidagi seriyaning birinchisi. Har bir bola o‘qishi shart bo‘lgan dunyodagi eng yaxshi bolalar kitoblaridan biri. Sehrgarlik olamiga sho‘ng‘ish, haqiqiy do‘stlikning qadriga yetish, yaxshilik va yomonlikni ajratishni o‘rgatadi. Mutolaadan ko‘zingizni uza olmaysiz.

Narxi: 47 000 so‘m
Sotib olish

Atom odatlari, Jeyms Klir

Yaxshi odatlarni shakllantirish va yomonlaridan osonlikcha hamda bosimsiz xalos bo‘lishni o‘rgatadigan jahon bestselleridir. Uzoq vaqtdan beri ozishga, rejimni tiklashga, karyerasidagi maqsadlarga erishishga, biroz baxtliroq bo‘lishga harakat qilayotganlar uchun. O‘qigandan keyingi natijalar hayratlanarli.

Narxi: 65 000 so‘m

Sotib olish

O‘zingga mehrb bilan, Olga Primachenko

Ayollar uchun psixologiya bo‘yicha kitob, uni meditatsiya seansi bilan taqqoslash mumkin. Tarmoqdagi sharhlarga ko‘ra, u o‘z qadr-qimmatini rivojlantirishga, o‘zini boshqalar bilan solishtirishni to‘xtatishga va mavjud bo‘lmagan mukammallik ortidan quvmaslikka yordam beradi.

Narxi: 65 000 so‘m

Sotib olish

Hammasi biz bilan tugaydi, Kolin Guver

Yozuvchi va TikTok yulduzining Gollivudda allaqachon ekranlashtirilgan romani ("Hammasi biz bilan tugaydi" Bleyk Layvli bilan) Uzum’ning bestsellerlar ro‘yxatida ham bor. Kitob juda o‘tkir ijtimoiy mavzularni ko‘taradi va ba’zan siz juda yaxshi ko‘radigan odam eng katta og‘riqni keltirib chiqarishini eslatadi.

Narxi: 65 000 so‘m

Sotib olish

Milk and honey, Rupi Kaur

Butun dunyoni zabt etgan ("300 tilga tarjima qilingan") rasmli "oq" she’rlar to‘plami New York Times’da bestsellerga aylandi. Qayg‘urishni yaxshi ko‘radiganlarga mos, psixologik jarohatlarni ishlab chiqish va o‘z his-tuyg‘ularini tushunishga yordam beradi.

Narxi: 79 000 so‘m

Sotib olish

Investitsiya va treydingda millionlab daromad, Nurmuhammad Ismailov

Bu kitob savdo olamida o‘z yo‘lini endigina boshlayotgan va millionlab pul ishlash uchun sarmoya tikishni istayotganlar uchun qo‘llanma. Ularga aql bilan munosabatda bo‘lishni ham o‘rgatadi.

Narxi: 179 000 so‘m

Sotib olish