Milli Bobbi Braun Netflix`ning yangi mistik serialida bosh rolni ijro etadi


“Juda g‘alati ishlar” serialining yulduzi Milli Bobbi Braun yaqinda chiqadigan “Prizma” nomli ilmiy-fantastik serialda bosh rolni ijro etadi.
Loyiha Netflix platformasida namoyish etiladi. Braun arvohlar bilan gaplasha oladigan Kessi ismli ayol rolini o‘ynaydi. Qahramonga g‘ayritabiiy mehmonlarning butun dunyo bo‘ylab odamlarga tobora ko‘proq ko‘rinishining sababini aniqlash vazifasi yuklanadi.
"Prizma" serialining shouranerligini Itan Frenkel (“Uyatsizlar”) o‘z zimmasiga oladi. Prodyuserlar safida Braun, Reychel Brosnaxen (“Supermen”), shuningdek, Entoni va Jo Russo (“Qasoskorlar”) bor. Aniq chiqish sanasi hali ma’lum emas.
Braun “Juda g‘alati ishlar” serialining beshinchi va yakuniy mavsumida O‘n birinchi rolini yana ijro etadi (26-noyabrdan boshlab Netflix`da). Shuningdek, u 2026-yilda premyerasi rejalashtirilgan “Enola Xolms” trilogiyasining uchinchi qismida ham rol o‘ynaydi.