“Uzun oyoqlar” 2024 qo‘rqinchli filmi. Tomoshabinlarni nimasi bilan o‘ziga tortadi?


Sirli dahshatli “Uzun oyoqlar” (2024) filmi FQB xodimasi haqida bo‘lib, u g‘alati jinoyatchini ta’qib qiladi: bu yoki ketma-ket o‘ldiradigan qotil yoki shaytonning o‘zi. Bosh rollarda Gollivud yulduzi Nikolas Keyj suratga tushgan, bu esa tomoshabinlarni o‘ziga jalb qilishga va filmni ko‘plab horror janridagi asarlardan ajralib turishiga sabab bo‘lmoqda. Syujet, aktyorlar va sharhlar haqida batafsil ma’lumotni quyida o‘qing. Shuningdek, havolaga o‘tib, filmni yuqori sifatda bepul tomosha qiling.
“Uzun oyoqlar” syujeti
90-yillar o‘rtalari. FQB agenti, o‘ziga xos ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lgan ayol, ko‘p yillardan beri politsiya hal qila olmayotgan ishni o‘rganishga kirishadi. Oregon shtatida o‘nlab yillar davomida bir-biriga o‘xshash fojialar ro‘y berib kelgan: oilaning boshlig‘i o‘z yaqinlarini shafqatsizlarcha o‘ldirib, o‘z joniga qasd qiladi.
Bu jinoyatlarni birlashtiradigan narsa shundaki, har bir holatda qurbonlar orasida to‘qqiz yoshli qizaloqlar bor va jinoyat joyida har doim “Uzun oyoqlar” imzosi bilan sirli xabar qoladi.
“Uzun oyoqlar” qaysi filmlarga o‘xshash?
Tanqidchilar ushbu filmni haqiqiy kino xitlari: “Jimlikdagi qo‘zilar” va “Zodiak” bilan taqqoslashmoqda. Shifrlar, tergov, ketma-ket qotillik. Shuningdek, filmda Fincher va Demme’ning kult filmlariga ko‘plab murojaatlar mavjud. Shunday ekan, “Uzun oyoqlar”ni ularga qiyoslash, hech bo‘lmaganda, qiziqarli jarayon deb topilmoqda.
Asosiy aktyorlar:

Asosiy aktyorlar guruhiga Nikolas Keyj, Mayka Monro, Alisia Uitt, Bler Andervud, Mishel Chxve Li va boshqa ko‘plab aktyorlar. Tomoshabinlar eng ko‘p Nikolas Keyjning o‘ynagan rolini ko‘rishni xohlashgan, chunki aktyor o‘zi uchun noodatiy bo‘lgan – yovuz va manyak obrazida o‘ynagan.
Tomoshabinlarning fikrlari
Ijobiy
“Uzun oyoqlar” yangi klassika bo‘ladimi yoki yo‘qmi, vaqt ko‘rsatadi, ammo hozircha aytish mumkinki: rejissyor Osgerd Perkins yangi to‘lqindagi horror janrining namunasini yaratishga muvaffaq bo‘ldi.”
“Ekranda sodir bo‘layotgan voqealar sezilmasdan cheksiz dahshat jarligiga botiradi: qo‘rquv sekin-asta teringiz ostiga kirib, hatto yakuniy titrlardan keyin ham qo‘yib yubormaydi.”
Salbiy
“Uzun oyoqlar” – tanlangan janrning barcha mumkin bo‘lgan shtamplar: sirli muhit, qo‘rqinchli qo‘g‘irchoqlarni qo‘llagan o‘rtamiyona film, ammo unga yangilik olib kira olmagan.”

“Agar siz sekin, mazmunsiz art-horrrorlarni yoqtirsangiz, unda yoqishi mumkin. Lekin undan ortiq narsa kutmang.”
Neytral
“Estetik dahshat filmi, ammo oddiy syujet. Tomosha qilishga arziydi, lekin faqat bir marotaba.”
“Film eng dahshatli film emas, deb reklama qilinganiga qaramay, baribir qiziqarli va xavotirli. G‘oyaviy jihatdan – o‘ylashga arzigulik narsa bor, lekin to‘liq tushunish qiyin bo‘ldi.”
“Uzun oyoqlar”ni tomosha qilish
TelecomTV veb-saytida tomosha qiling. Tugmani bosing va 7 kun davomida bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
