Model Amaliya Shakirova filippinlik eridan farzand kutmoqda


O‘zbekistonlik model, “Miss Grand International 2023” tanlovining finalchisi Amaliya Shakirova quvonchli xabar bilan o‘rtoqlashdi: u homilador.
Bu haqda u yaqinda ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida ma’lum qildi. Shakirova to‘ng‘ich farzandini Filippinda dunyoga keltirmoqchi, u hozirda eri bilan o‘sha yerda istiqomat qilmoqda.
Shu yilning yanvar oyida Amaliya olti yil davomida munosabatda bo‘lgan Karlos Alberto “Chaka” de Xesus Oreta bilan turmush qurgandi.
Model ijtimoiy tarmoqlarda homiladorlik davrini aks ettiruvchi bir qator suratlarni e’lon qildi. Chaqaloqning tug‘ilishi noyabr oyida kutilmoqda.
Ko‘plab muxlislar bu yangilikdan juda mamnun bo‘lib, qizaloqning ilk suratlarini intizorlik bilan kutishmoqda.