O‘zbekistonning mashhur juftliklari – sevishgan, muvaffaqiyatli va nihoyatda go‘zal


Yaqinlashib kelayotgan Sevishganlar kuni – 14-fevral munosabati bilan O‘zbekiston shou-biznesining eng ko‘p muhokama qilingan juftliklarini jamladik. Boy, mashhur va ko‘zni uzib bo‘lmaydi qadar chiroyli bo‘lgan Top-5 juftlik bilan tanishing.
Shohruhxon va Asal Shodiyeva

Shohruhxon va Asal Shodieva munosabatlari muxlislar xohlagan darajada tez rivojlanmadi. Nikohdan oldin bu juftlik bir necha yil davomida uchrashib yurgan. Ammo shu vaqt ichida ular turmushning barcha sinovlaridan o‘tib, eng katta mukofot – 2099-yilgacha davom etadigan sevgini qo‘lga kiritishdi (bu – Shohruhxonning navbatdagi yubileyda sevgilisiga bildirgan tilagi). Shon-shuhratlariga qaramay, ular shaxsiy hayotlarini sir tutishga harakat qilishadi va ko‘p gapirishmaydi. Ammo ularning sevgisining eng katta isboti – ikki farzandidir.
Rayhon G‘anieva va Farhod Alimov

Rayhon – qo‘shiqchi, Farhod esa – shoumen, go‘yo ularning ittifoqi taqdir tomonidan oldindan belgilab qo‘yilgandek. Ular G‘anievaning “Izlama” klipi suratga olinayotgan vaqtda tanishishgan va oldingi nikohlaridagi omadsizliklarini unutib, qisqa fursatda bir-birini sevib qolishgan. To‘ylarini o‘tkazgach, asal oyini Dubayda nishonlashgan va o‘shandan beri bir-biridan ajralmay, muxlislarini ijtimoiy tarmoqlardagi kontentlari bilan xursand qilib kelishmoqda. Sayohatlar, oilaviy reelslar va uslubiy juftlik liboslari – bularning barchasi ularning sadoqatini isbotlaydi. So‘nggi intervyularidan birida Farhod o‘zining kuchli rafiqasi haqida shunday degan edi: “Rayhon mening shaxsiy kouchim”, agar u qo‘shiqchi bo‘lmaganida, biznes imperiyasini qurishiga shubham yo‘q, deb ishonadi Farhod.
Akobir Ashurqulovich va rafiqasi E’zoza

Akobir Ashurqulovichning to‘yi – 2024-yilning eng ko‘p muhokama qilingan voqealaridan biri bo‘ldi. Buning sababi shundaki, mashhur vizajist hech qachon shaxsiy hayoti haqida gapirmagan va sevgi jarayonlarini mohirlik bilan sir saqlab kelgan. Uning rafiqasi haqida ko‘pchilik hech narsa bilmasa ham, muxlislar endilikda u Instagram sahifasida turmush o‘rtog‘ining suratlarini tez-tez ulashayotganidan mamnun. Hasadgo‘ylarning tanqidiy izohlariga qaramay, Ashurqulovich juda baxtli va sevgan insoni bilan ekanligini ko‘rsatmoqda. Bu esa uni ushbu ro‘yxatga kiritish uchun yetarli asos.
Timur Alixanov va Farida

Yana bir barchaning og‘izlaridan tushmayotgan juftlik – Timur Alixanov va Farida. Mashhur bloger va uning sevgilisi muxlislarning suyukli juftligiga aylanishgan. Ularning muvaffaqiyat siri – samimiyliklarida. Ular nafaqat baxtli lahzalari haqida, balki oilaviy muammolar haqida ham ochiq gapirishadi va muxlislariga ongli, sog‘lom munosabatlar qurishni o‘rgatishadi. Garchi bular oddiy kulgili sketchlar orqali ifodalansa ham. Ular zamonaviy fikrlashlariga qaramay, an’analarni hurmat qilishadi va yaqinda rasmiy nikohdan o‘tishdi. Bundan tashqari, yangi kvartira xarid qilishganini e’lon qilishdi. Endi esa muxlislar ularning oila a’zolari yana bir kishiga ko‘payishini kutishmoqda.
Munisa Rizayeva va Arseniy

Munisa Rizaevaning turmush o‘rtog‘i mashhurlik bo‘yicha u bilan bellasha oladi. Buni internetdagi so‘rovlar ham tasdiqlaydi. Muxlislar endi tadbirkorning xonandadan yosh ekanligi haqida umuman o‘ylamay qo‘yishgan. Buning sababi – u sevikli insoni uchun hamma narsaga tayyor! Islomni qabul qilish, sovg‘alar berish, g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish – bularning barchasi sevgining isboti. Rizayeva homiladorlik paytida Arseniy har kuni unga sevimli shirinliklari va gullar bilan to‘ldirilgan savatlar bilan ko‘nglini ko‘tarishga harakat qilgan. Yaqinda esa u Instagramda o‘z sahifasini ochib, Munisa bilan tushgan suratlarini e’lon qila boshladi.