Vinisius Saudiyaga ketadimi? Klubning pozitsiyasi eʼlon qilindi


Madridning “Real” klubi 24 yoshli braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorga boʻlayotgan Saudiya Arabistoni klublarining qiziqishi haqida tarqalgan xabarlarga qanday munosabatda ekani maʼlum boʻldi. Bu haqda Relevo nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, klub matbuotda paydo boʻlgan shov-shuvlardan xabardor, lekin vahimaga tushmayapti. Sababi Vinitsiusning “Real” bilan shartnomasi 2027-yilgacha amal qiladi va unda 1 milliard yevro miqdorida tovon puli belgilangan.
“Qirollik klubi” futbolchini sotish niyatida emas va kelajakda shartnomani qachon uzaytirishni oʻzi hal qiladi.
Avvalroq Vinisius Junior “Real” bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani va unga Saudiya klublari jiddiy qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Braziliyalik futbolchi 2018-yildan beri “qirollik klubi”da oʻynaydi. Ushbu davr mobaynida 193 uchrashuvda maydonga tushib, 57 bor raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 200 million yevroga baholagan.