РУ
O’Z
UZS
/
/
Zaytun yog‘ining shifobaxsh xususiyatlari haqida gaplashamiz va eng yaxshisini tanlashda yordam beramiz
02.07.2024

Zaytun yog‘ining shifobaxsh xususiyatlari haqida gaplashamiz va eng yaxshisini tanlashda yordam beramiz

Zaytun yog‘ining shifobaxsh xususiyatlari haqida gaplashamiz va eng yaxshisini tanlashda yordam beramiz

Zaytun yog‘ qanday shifobaxsh xususiyatlarga ega, uning qanday foydalari (ilmiy nuqtai nazardan) mavjud va uni qanday tanlash kerak? Sizga batafsil ma‘lumot beramiz.

Zaytun yog‘i – har narsaga davo shifobaxsh vosita, umuman olganda “Yaratgan in’omi” hisoblanadigan mahsulot. U oziq-ovqat, dori-darmonlar va kosmetika tarkibida mavjud, shuningdek, mashhur dietalar tarkibidan o‘rin olgan. Buning sababi ushbu mahsulotni har kuni iste’mol qiladigan issiq o‘lkalar aholisi uzoq umr ko‘rishi, go‘zalligi va mukammal salomatligi bilan mashhur. 

Zaytun yog‘ining qanday shifobaxsh xususiyatlari va foydasi bor (ilm-fan nuqtai nazaridan), uni qanday tanlash kerak? Bu haqida batafsil ma’lumot beramiz. 

Zaytun yog‘ining shifobaxsh tarkibi: 

Bu haqiqatan ham o‘ziga xos mahsulot, chunki uning barcha “tarkibiy qismlari” 100 foiz va tabiiy ravishda so‘riladi. Bu antioksidantlar, E, D, K, A vitaminlari, polifenollar, mono to‘yinmagan yog‘lar va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

Zaytun yog‘i: nimasi bilan foydali va nimalardan davolaydi? 

  • Yurak xastaligi. Olimlar 12 mingdan ortiq ispaniyaliklar ishtirokida o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, kuniga 1,5 choy qoshiq tozalanmagan zaytun yog‘ini iste’mol qilgan odamlarda yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim xavfi ikki baravar kam bo‘ladi. Zaytun yog‘i yurak va qon tomir kasalliklariga olib keladigan yuqori qon bosimini pasaytiradi, ba’zan esa dori-darmon o‘rnida ham foydalaniladi.  
  • Ko‘krak bezi saratoni. Yaqinda o’tkazilgan tadqiqotda invaziv ko’krak bezi saratoniga chalingan mingdan ortiq ispaniyalik ayollarning ovqatlanish odatlari hech qachon shunga o’xshash kasallikni boshdan kechirmagan ayollar guruhi bilan solishtirildi. Natija hammani hayratda qoldirdi: kuniga bir necha qoshiq zaytun yog‘ini iste’mol qilish (ovqatlanish davomida) – saraton kasalligiga qarshi “himoya qalqonini” shakllantirdi.
  • Qandli diabet. O’ndan ortiq turli tadqiqotlar diabetga chalinganlar uchun zaytun yog’ining foydasini tasdiqlaydi. Buning sababi esa zaytun yog‘i glyukoza darajasini pasaytirish xususiyatiga egaligi uchundir. Ba’zi olimlarning fikricha, bunga yog‘ning insulin ishlab chiqaradigan oshqozon osti bezi hujayralariga salbiy ta‘siri orqali erishiladi. 
  • Aqliy zaiflik – aqliy qobiliyatning pasayishi, xotiraning buzilishi. Sichqonlarda va yengil aqliy zaiflikka chalingan odamlarda o‘tkazilgan tadqiqotda zaytun moyi organizmni toshmalardan tozalashi va aqliy faoliyatini yaxshilashini isbotlandi. Ammo mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu batafsil koʻrib chiqish va qo’shimcha dalillarni talab qiladigan yangi tadqiqotdir.
  • Ortiqcha vazn. Bu zaytun moyi ko‘p miqdorda kaloriyaga egaligi uchun mantiqsiz tuyulishi mumkin, ammo bu haqiqat. Kam yog’li o’simliklar iste’mol qiluvchi, shuningdek, kuniga 3 osh qoshiq zaytun yog’i iste’mol qiluvchi ayollar vazn yo’qotishda ijobiy natijalarga erishdi. Ikkinchi guruh ayollar 8 haftadan keyin narigi guruhga qaraganda 5 foizga ko‘proq ortiqcha vazn tashlagan. 

Homilador ayollarga zaytun yog‘i mumkinmi? Bolalargachi?

Albatta. Zaytun moyi homilador ayollar uchun ayniqsa foydalidir, axir uning tarkibidagi yog‘ kislotalari embrion, uning miyasi, suyaklari va asab tizimining shakllanishida faol ishtirok etadi. 

Zaytun yog‘i o‘sayotgan organizmga ham foyda keltiradi, shuning uchun ham uni bolalarga berish tavsiya etiladi. Zaytun tarkibiga kiruvchi yog‘lar ko‘krak sutining bir qismi bo‘lgan linol kislotaga o‘xshaydi. Shuning uchun emizikli bolangiz bo‘lsa zaytun yog‘ini uning butqa yoki pyuresiga qo‘shib berishni boshlashingiz mumkin. 

Qaysi zaytun yog‘ni tanlash kerak? 

Yaxshi zaytun yog‘i – tozalanmagan va sovuq presslash yo‘li bilan tayyorlangan (Extra Virgin), aniq ta’mi va rangi bo‘lmagan yog‘ni tanlang. Agar butilkani ochib, tabiiy zaytun hidini sezmasangiz, mahsulot sifati haqida o‘ylab ko‘rishni tavsiya qilamiz.

Zaytun moyi yorlig‘ida yozilgan tarkibiy qismini diqqat bilan o‘qing: ko‘pincha supermarket tokchalarida tozalangan va tozalanmagan mahsulotning “aralashmasi” mavjud. Narxiga ham e’tibor bering: yaxshi zaytun yog‘i arzon bo‘lishi mumkin emas. 

Qaysi davlatlarning zaytun moylarini sotib olish kerak?

Zaytun moyi ishlab chiqaruvchi eng yaxshi mamlakatlar Italiya, Ispaniya, Tunis va Gretsiyadir. Gretsiya mahsulotlari eng maqbul narx va sifat nisbatiga ega.