РУ
O’Z
UZS
/
/
Vyetnam va Tailand: 2025-yilda ulardan qaysi birini tanlash kerak? Turagent maslahatlari
04.03.2025 (yangilandi 10.03.2025)

Vyetnam va Tailand: 2025-yilda ulardan qaysi birini tanlash kerak? Turagent maslahatlari

Vyetnam va Tailand: 2025-yilda ulardan qaysi birini tanlash kerak? Turagent maslahatlari

FUN&SUN sayyohlik agentligi statistik ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi Vyetnam va Tailandda dam olishni xush ko‘radi. Bu mamlakatlar bir-biriga juda o‘xshash, lekin har birining o‘ziga xos xususiyatlari bor. FUN&SUN kompaniyasi tur agenti Madina bilan birgalikda 2025-yilda qayerda dam olish arzonroq, qulayroq va qiziqarliroq bo‘lishini ko‘rib chiqamiz.

Sayyohlar tropiklar, plyajlar, quyosh va faollik tufayli Vyetnam va Tailandni tanlashadi. ular ajoyib ekskursiya uchun borishadi. Tailandda sayohatchilar 1974-yilda rejissyor Gay Xemilton tomonidan suratga olingan "Jeyms Bond oroli" filmini, Jeyms Kemeron filmi suratga olingan "Avatar yo‘li" ekskursiyasini yaxshi ko‘rishadi. Bu yerda ajoyib plyajlar, quvnoq tomoshalar mavjud.

Vyetnamda ham tashrif buyurish mumkin bo‘lgan joylar yetarlicha, bolali oilalar bu joyni ayniqsa VinWonders ko‘ngilochar bog‘lari tarmog‘i  - disneylendning Vyetnam varianti uchun ham xush ko‘rishadi. Sayyohlar yana mahalliy diqqatga sazovor joylardan , masalan, Danangdagi xudoning kaftlari bilan "Oltin ko‘prik"dan o‘tishdan ham zavq olishadi.

Vyetnam, “Oltin ko‘prik”

FUN&SUN xodimi Madina Vyetnamni oilaviy dam olishga nisbatan qulayroq deb hisoblaydi.

Dam olish narxlari: qayerda arzonroq?

"Qayer arzonroq bo‘lishi - bu mavsumga bog‘liq, - deydi FUN&SUN xodimi Madina. - Odatda Vyetnam arzonroq bo‘ladi. Hozir [2025-yil mart oyida, - muallif izohi] bizda Tailandga ham, Vyetnamga ham yaxshi chegirmalar mavjud, turlar o‘rtasidagi farq atigi 100 dollarga  to‘g‘ri keladi. Mart oyining oxiridan Nyachangda mavsum boshlanadi, narxlar qimmatroq bo‘ladi. Ammo yoz mavsumida ular yana pasayadi. Biz chegirmalar bo‘lishi yoki bo‘lmasligini oldindan ayta olmaymiz, lekin odatda yozda chegirmalar topiladi".

Ayni paytda Vyetnamga Fukuok oroliga sayohatni kishi boshiga 350 dollardan xarid qilish mumkin. Tailandda - kishi boshiga 380 dollardan. Bu 7 kecha va 8 kunga mo‘ljallangan tur bo‘lib, narxiga parvoz, transfer, yashash, nonushta, tibbiy sug‘urta kiradi.

Tailanddagi Krabi provinsiyasi

Vyetnam va Tailandga sayohatlarni mustaqil ravishda tashkil etish mumkin, ammo bu ko‘proq vaqt hamda kuch talab qiladi. Agar dam olishga yengil, xotirjam holda va siz uchun zarur bo‘lgan hamma narsa qilinganini anglagan holda borishni istasangiz - FUN&SUN sayyohlik agentligiga murojaat eting. Turagent maslahati bepul.

Turagentdan bepul maslahat olish uchun tugmani bosing.

FUN&SUN kompaniyasidan maslahat.

Mehmonxonalarning xususiyatlari

Xuddi mana shu pulga Vyetnamda yashash biroz yaxshiroq bo‘ladi. "Tailandda charchagan, eskirgan 3 yulduzli mehmonxonalar talaygina. Derazadan ko‘rinish juda ham go‘zal bo‘lmasligi, xona fondi esa eskirgan bo‘lishi mumkin. Lekin bu yerning  xodimlari juda xayrixoh. Albatta, agar siz uchun mehmonxona juda muhim bo‘lsa - biz sizga alohida mehmonxonani osongina tanlab beramiz. Turar joy darajasi unchalik muhim bo‘lmagan sayyohlar bor, ular Tailandga orollarga sayohat qilish uchun kelishadi.

Vyetnamda 3 yulduzli mehmonxonalar juda yaxshi xona fondiga ega va ular odatda birinchi qirg‘oq chizig‘ida joylashgan. Mehmonxonalar borasida Vetnam ilgarilab ketgan", - deydi FUN&SUN turagenti Madina.

Tailanddagi uch yulduzli mehmonxonaga misol; Silom Forest Exclusive Residence mehmonxonasi

Nonushtalarga keadigan bo‘lsak - ular mehmonxonalarga bog‘liq, ammo uch yulduzli mehmonxonalarda ovqatlanish yetarlicha xilma-xil bo‘ladi. Vyetnamda ham, Tailandda ham bolalar ovqatlanish borasida qiynalmaydi. Siz uchun makaron pishirish, tuxum qovurish yoki qaynatish, omlet, tost tayyorlash mumkin. Ya’ni sizni faqat panosiyo taomlarigina kutmayapti.

Vyetnamda bolalar uchun oddiy nonushta varianti. Surat: putevye-istorii.ru

Vyetnam yoki Tailandga chegirmali sayohat izlayapsizmi?

O‘zbekistondagi FUN&SUN kompaniyasidan chegirmaga ega bo‘ling.

Sayr-tomosha

Tailandda asosiy ko‘ngilochar tadbirlar hayvonot bog‘lariga sayohat qilishdir (bu yerda mini-hayvonot bog‘lari mavjud). Fillar bilan fermaga borish, u yerda jonivorlarni cho‘miltirish, ovqatlantirish mumkin. Yaxshi sayr-tomosha - safari davomida siz hayvonlarni tomosha qilasiz. Katta akvapark, savdo markazi, bolalar maydonchalari mavjud. "Mehmonxonadan chiqishning o‘zi kifoya - tomoshalar ham boshlanadi", - deydi Madina.

Vyetnam oilalarga yoqadi: bu yerda disneylenddan tashqari, okeanarium ham mavjud. Shuningdek, ulkan hayvonot bog‘i, safari bor.  Vyetnamdagi ko‘ngilochar tadbirlar haqida bu yerdagi havoladan    batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Vyetnamdagi  ko‘ngilochar istirohat bog‘i: Nyanchangdagi  Vinpearl 

Hordiq uchun eng yaxshi vaqt

Vyetnamda dam olish uchun eng yaxshi vaqt sizning dam olish maqsadlaringizga bog‘liq (plyajda dam olishni yoki ekskursiyalarga borishni xohlaysizmi). Shimoliy Vyetnamda (Xanoy, Sapa, Xalong ko‘rfazi) oktyabr-aprel oylari ekskursiyalar uchun eng yaxshi vaqt hisoblanadi: havo harorati +15...+25C darajani tashkil etib, yomg‘ir kam bo‘ladi. Qolgan oylarda havo issiq va namgarchilik kuzatiladi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Markaziy Vyetnamda (Danang, Xoyan, Xyuye, Nyachang) dam olish uchun eng yaxshi vaqt - fevraldan avgustgacha, havo harorati +25...+35S, dengiz sokin. Janubda plyajda dam olish uchun risoladagidek mavsum - bu noyabrdan aprelgacha: bu yerda quruq va iliq, havo harorati +28...+32C darajani ko‘rsatadi.

Vyetnamdagi Danang shahri

Tailandga keladigan bo‘lsak, bu yerda ekskursiyalar uchun shimolda (Chiangmay, Chiangray) harorat +15...+28°C daraja va yomg‘ir kam kuzatilgan noyabrdan fevralgacha bo‘lgan davr qulay hisoblanadi. Bangkok va mamlakatning markaziy qismida yoqimli ob-havo noyabrdan martgacha davom etadi, plyaj oromgohlarida esa mavsum turlicha: Pxuket va Krabida noyabrdan aprelgacha, Samui va Pattayeda esa dekabrdan sentyabrgacha dam olish yaxshiroq.

Xulosa quyidagi jadvalda keltirilgan.

TailandVyetnam

Plyajda dam olish uchun ayniqsa Pxuket va Krabda eng yaxshi vaqt noyabr-aprel oylari hisoblanadi.

Ekskursiyalar uchun mamlakat shimoli va Bangkokni, noyabrdan fevralgacha bo‘lgan davrni tanlang.

Samuiga fevraldan sentyabrgacha parvoz qilgan ma’qul. Umuman olganda, Tailandda dam olish uchun eng yaxshi vaqt noyabrdan aprelgacha davom etadi.

Plyajda dam olish uchun noyabrdan aprelgacha Vyetnamning janubini tanlagan ma’qul.

Ekskursiya safarlari uchun oktyabrdan aprelgacha shimol va markazni tanlang,.

Yozda markaziy qismga, masalan, yomg‘ir kamroq yog‘adigan Nyachangga borgan ma’qul.

FUN&SUN xodimi Madinaning aytishicha, dam olish uchun qaysi vaqtni tanlamang - har doim Vyetnam va Tailandda yaxshi maskanlarni topish mumkin. Bu oromgohlarda bir vaqtning o‘zida iqlimi bilan farq qiladigan bir nechta mintaqalar mavjud. Shuning uchun yilning ma’lum bir oyida sayyohlar uchun qulay joy doimo topiladi.

FUN&SUN sayohat agentligidan bepul maslahatga buyurtma bering.

Toshkentdan Tailand va Vyetnamga sayohatlar.

Tailand aeroporti. RIA NOVOSTI surati

Toshkentdan Tailandga parvozlar taxminan 7-7,5 soat, orqaga esa 6-6,5 soat davom etadi. Vyetnamgacha taxminan 8 soat. Barcha reyslar to‘g‘ridan-to‘g‘ri.

Yakun yasaymiz

Keling, qaysi mamlakat aynan sizga mos kelishini sarhisob qilaylik.

VyetnamТаiland

✅  Narxlar biroz arzonroq.

✅ Bolalar bilan dam olishga qulay.

✅ Xuddi shu pulga yaxshiroq mehmonxonalar topish mumkin.

✅ Nisbatan sokin maskan.

✅  Qisqaroq parvoz.

✅ Nisbatan ozoda dam olish maskani.

✅ Yaxshi infratuzilma.

✅ Faol tungi hayot; tungi tomoshalar uchun qiziqarli joy.

✅ Sayyohlarning fikr-mulohazalariga ko‘ra, bu yerda ingliz tilida so‘zlashuvchilar ko‘proq.

Yana takrorlaymiz, mamlakatlar bir-biriga juda o‘xshash. Dam olish yo‘nalishini aniqroq belgilash uchun turagent bilan suhbatlashing. U aynan sizning so‘rovlaringiz asosida sayohat tanlashda yordam beradi. Shuningdek, turagent butun sayohatingiz davomida siz bilan aloqada bo‘lib, kutilmagan masalalarni hal qilishga yordam beradi. "Bizda bir voqea bo‘lgan, - deydi Madina, - bir sayyoh qo‘shma reysga kechikayotgan edi. Men aviakompaniyaga qo‘ng‘iroq qilib, odamgarchilik yuzasidan sayyohimizni kutib turishlarini iltimos qildim. Aviakompaniya bizni tushundi! Butun samolyot sayyohimizni kutib turdi.

FUN&SUN kompaniyasining O‘zbekistondagi turagentidan bepul maslahat oling.

Toshkentdan Tailand va Vetnamga sayohatlar.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.