Ob-havo maʼlumoti: 20-dekabr kuni Oʻzbekistonda moʻtadil harorat kuzatiladi
Oʻzgidrometning 2024-yil 19-dekabr uchun batafsil ob-havo axboroti.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlari
Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin, tuman tushadi. Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° sovuq boʻladi.