Biznesingiz uchun kreditlar
РУ
O’Z
UZS
/
/
Yangi yil arafasida talabalar uchun yana qoʻshimcha transport yoʻlga qoʻyildi
20.12.2024

Yangi yil arafasida talabalar uchun yana qoʻshimcha transport yoʻlga qoʻyildi

Yangi yil arafasida talabalar uchun yana qoʻshimcha transport yoʻlga qoʻyildi

Xususan, 20-dekabrdan 31-dekabrga qadar Toshkentdan Navoiy, Zomin, Jarqoʻrgʻon, Shahrisabz, Qarshi, Qorakoʻl, Termiz, Denov, Gʻuzor va Uzun yoʻnalishlarida qoʻshimcha avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi.

image

2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!

icon

Yangi yil bayrami arafasida Toshkent avtovokzalidan har kuni shaharlararo yoʻnalishlarda 20dan ortiq avtobus qatnovlari tashkil etiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, 20-dekabrdan 31-dekabrga qadar Toshkentdan Navoiy, Zomin, Jarqoʻrgʻon, Shahrisabz, Qarshi, Qorakoʻl, Termiz, Denov, Gʻuzor va Uzun yoʻnalishlarida kundalik belgilangan reyslardan tashqari yoʻlovchilar oqimidan kelib chiqqan holda kun davomida qoʻshimcha avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi.

Qoʻshimcha avtobus reyslari hamda qatnov jadvallari toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni Toshkent avtovokzali rasmiy kanali orqali bilib olish mumkin. Yoʻlovchilar chiptalarni Toshkent avtovokzali chiptaxonalaridan hamda ATTO, “UzBus” mobil ilovasi orqali onlayn tarzda sotib olishi mumkin.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” qishki taʼtilda qoʻshimcha qatnov va vagonlarni yoʻlga qoʻyayotgani haqida xabar berilgandi. Qoʻshimcha qatnov 15-dekabrdan 12-yanvargacha ikkita yoʻnalishda tashkil etiladi. Yana toʻrtda yoʻnalishda qoʻshimcha vagonlar qoʻyiladi.

Bu qiziq

2 milliard so‘mgacha kredit!  Rasmiylashtirish – 1 kunda!
2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.