Верхний пылесос 2
РУ
O’Z
UZS
/
/
Xivada anʼanaviy “Qovun sayli” boʻlib oʻtadi
08.07.2024

Xivada anʼanaviy “Qovun sayli” boʻlib oʻtadi

Xivada anʼanaviy “Qovun sayli” boʻlib oʻtadi

“Ichan qalʼa” majmuasining “Polvon darvozasi“dan “Alleya maydoni”ga tutash hududda “Qovun sayli” festivali oʻtkaziladi. Pavilyonlar 4 ta nominatsiya boʻyicha  baholanadi.

image

Robot changyutgich 56% chegirma bilan. Batafsil ma’lumot bu yerda

icon

9−11-avgust kunlari Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” majmuasining “Polvon darvozasi“dan “Alleya maydoni”ga tutash hududda “Qovun sayli” festivali oʻtkaziladi.

Festival doirasida tasviriy va amaliy sanʼat asarlari namoyishi, milliy liboslar koʻrgazmasi, badiiy jamoalar va folklor guruhlarining jonli ijrodagi chiqishlari, xon va ayonlari chiqishi, teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlari va qoʻgʻirchoq teatri tomoshalari, xalq ogʻzaki ijodi namunalari va boshqa madaniy tadbirlar tashkil qilinadi.

Pavilyonlar 4 ta nominatsiya boʻyicha ham baholanadi:

  • “Qovunchilikda eng yuqori daromad va hosildorlikka erishganlik uchun”;
  • “Qadimiy anʼanaviy Xorazm qovunlari navlarini tiklaganligi uchun”;
  • “Qovunchilikda innovatsion texnologiyalar joriy qilganligi uchun”;
  • “Eng koʻp turdagi qovun yetishtirgan hudud”.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, viloyatdagi 13 ta shahar va tuman hokimliklari pavilonlari (jami 60 ta) tashkil qilinib, oʻz hududlarida yetishtirilgan qovun mahsulotlari, meva-sabzavotlar, poliz ekinlari hamda hunarmandchilik maxsulotlari bilan ishtirok etadi.

Bu qiziq

Robot changyutgich 56% chegirma bilan. Batafsil ma’lumot bu yerda
Robot changyutgich 56% chegirma bilan. Batafsil ma’lumot bu yerda
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.