1
РУ
O’Z
UZS
/
/
Xonanda Dilnoz Hakimova to‘y haqidagi savolga javob berdi
25.08.2025

Xonanda Dilnoz Hakimova to‘y haqidagi savolga javob berdi

Xonanda Dilnoz Hakimova to‘y haqidagi savolga javob berdi

Mashhur xonanda Dilnoz Hakimova muxlislarini qiziqtirgan savollardan biriga oydinlik kiritdi. San’atkor o‘zining to‘y rejalari borasida ochiqchasiga fikr bildirdi.

U Instagram sahifasi orqali tarqalgan mish-mishlarga javob qaytarib, to‘y marosimi allaqachon bo‘lib o‘tgani haqidagi gap-so‘zlarni inkor etdi.

Dilnoz Hakimovaning aytishicha, yaqinda o‘tkazilgan tadbirlar aslida FHDY bo‘limidagi nikoh qayd etish va qiz bazmi bo‘lgan. Shu sababli ko‘pchilik ularni to‘y deb o‘ylab adashgan.

“Albatta, bu nikohdan o‘tish marosimi va qiz bazmi edi. Ko‘pchilik buni to‘y deb o‘ylab qoldi”, — deya yozdi xonanda ijtimoiy tarmoqda.

San’atkorning ta’kidlashicha, uning haqiqiy to‘y marosimi hali oldinda. Shunday qilib, muxlislar sevimli xonandaning to‘yini yaqin kelajakda kutishlari mumkin.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.