верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Ob-havo maʼlumoti: 15–17-fevral kunlari harorat 16 darajaga koʻtariladi
13.02.2025 (yangilandi 13.02.2025)

Ob-havo maʼlumoti: 15–17-fevral kunlari harorat 16 darajaga koʻtariladi

Ob-havo maʼlumoti: 15–17-fevral kunlari harorat 16 darajaga koʻtariladi

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, 15-16-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin, 17-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 15-16-fevralda 3-8° iliq, 17-fevralda 6-11° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 15-16-fevralda ayrim joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin 17-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, Navoiy viloyatining shimolida 1-6° sovuq, kunduzi 15-fevralda 5-10° iliq, 16-fevralda 3-8° iliq, 17-fevralda 8-13° iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 15-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin, 16-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 17-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 15-fevralda 5-10° iliq, 16-fevralda 3-8° iliq, 17-fevralda 7-12° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 15-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin, 16-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 17-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-16-fevralda 0-5° iliq, 17-fevralda 2-7° iliq, kunduzi 15-fevralda 10-15° iliq, 16-fevralda 6-11° iliq, 17-fevralda 11-16° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 15 va 17-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, 16-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-16-fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 17-fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 6-11° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 15-16-fevralda baʼzi joylarda qor yogʻadi, 17-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.