Xususiy uydagi asalarilardan qutulish usullari
Xususiy uyda asalarning paydo bo‘lishi ayniqsa, kimnidir unga allergiyasi bo‘lsa, jiddiy muammoga aylanadi. Biroq, asalari ekotizimning bir qismi ekanini unutmaslik kerak, shuning uchun ulardan qutulish ham insonlar, ham o‘sha hasharotlar uchun imkon qadar xavfsiz bo‘lishi kerak. Ushbu maqolada uyingizdagi asalarilar muammosini hal qilishning samarali va insonparvar usullarini ko‘rib chiqamiz.
Nega asalarilarga zarar bermasdan ularni yo‘q qilish muhim?
Asalari oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga yordam beradigan o‘simliklarni changlatishda muhim rol o‘ynaydi. Ularning soni butun dunyoda turli omillar, jumladan, ularning yashash joylarini yo‘q qilish va pestitsid, ya’ni zaharli kimyoviy moddalar ishlatilishi sababli kamaymoqda. Asalarilarni yo‘q qilish atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun ulardan asalarilarga zarar yetkazmasdan qutulish usullarini izlash va imkon qadar uyasini ko‘chirib bera oladigan asalarichilar xizmatidan foydalanish muhimdir.
Uydagi asalarilardan xalos bo‘lish jarayonini nimadan boshlash kerak?
Boshlanishida asalarilar uyi yoki joylashuvini qayerda barpo etganini aniqlash kerak. Uy va hovlingizdagi chodir, tom, devor, quvur va boshqa yashirin burchaklarni tekshiring. Asalarilar ko‘proq kuzatilayotgan joylarni belgilab, ularning uyaga borish yo‘lini kuzatishga harakat qiling. Asalarilar erta tongda va kechki paytda kamroq faol bo‘lishini yodda tuting, shuning uchun bu vaqtda tekshirish xavfsizroq bo‘lishi mumkin.
Asalarilarni xavfsiz olib tashlash usullari
Asalarilarni xavfsiz olib tashlashning bir necha usullari mavjud. Uyani yangi joyga ko‘chiradigan professional asalarichilarga murojaat qilishingiz mumkin. Agar mustaqil ravishda olib tashlamoqchi bo‘lsangiz, tutatqichdan foydalaning – tutun asalarilarni tinchlantirib, ularning tajovuzkorligini kamaytiradi. Shuningdek, uyaga yaqin joyda tuzoq yoki bug‘lanadigan vositalarni qo‘yib, asalarilarni boshqa joyga yo‘naltirish mumkin. Ammo bunday usullar ehtiyotkorlik va maxsus himoya vositalarini talab qiladi.
Asalarilarning qaytishini oldini olish
Asalarilarni olib tashlagandan so‘ng, ularning qaytib kelmasligi uchun chora ko‘rish muhim. Uyning tashqi tomonidagi barcha teshik va yoriqlarni, shu jumladan, ventilyatsiya kanallari, quvurlar hamda deraza yoki devorlardagi bo‘shliqlarni yoping. Qo‘shimcha himoya uchun deraza va eshiklarga to‘r o‘rnating. Asalarilarni oziq-ovqat qoldig‘i va shirin suyuqliklar o‘ziga tortadi, shuning uchun, axlat qutilari va barbekyu zonasidadagi hudud tozaligiga e’tibor bering.
Asalarilar bilan ishlashda kerakli ehtiyot choralarini ko‘rish
Asalarilar bilan ishlash ehtiyotkorlik va puxta tayyorgarlikni talab qiladi.
Har doim himoya kiyimlarini, jumladan, qo‘lqop, yopiq bosh kiyim va chaqishdan himoya qiladigan maxsus kiyimlarni kiying. Asalarilar kamroq faol bo‘ladigan salqin vaqtlarda ishlang. O‘zingiz yoki oilangizda asalarining zahariga allergiyasi bo‘lsa, chaqish holatida ishlatish uchun yoningizda allergiyaga qarshi dorilar bilan to‘ldirilgan dorilar qutisini qo‘l ostida saqlang.
Qachon professional yordam so‘rash kerak?
Agar ishlarni xavfsiz bajarishda ishonchingiz bo‘lmasa yoki uya qiyin yetadigan joyda joylashgan bo‘lsa, mutaxassislar yordamiga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Professional asalarichilar va zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha kompaniyalar asalarini samarali va xavfsiz olib tashlash uchun zarur ko‘nikma va jihozlarga ega. Ularning tajribasi sog‘liq va mulkingiz uchun xavfni kamaytirishga yordam beradi.
Ushbu maslahatlar atrof-muhitni asrab, xususiy uyingizda asalarilardan xavfsiz qutulishga yordam beradi.