РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekistonlik olima Butunjahon fanlar akademiyasining aʼzosi etib saylandi
27.11.2024

Oʻzbekistonlik olima Butunjahon fanlar akademiyasining aʼzosi etib saylandi

Oʻzbekistonlik olima Butunjahon fanlar akademiyasining aʼzosi etib saylandi

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shahlo Turdiqulova Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) aʼzosi etib saylandi.

Olima bu yilgi saylovlarda MDH va Markaziy Osiyodan yagona vakil boʻldi. Oʻzbekiston tarixida bu nufuzli Akademiyaga saylangan yettinchi akademik olim sifatida eʼtirof etildi.

Butunjahon fanlar akademiyasi prezidenti, professor Quarraysha Abdul Karim Shahlo Turdiqulovani tabriklab, uni diplom topshirish marosimiga taklif qildi.

Oʻtgan saylovda jami 74 nafar olimlar (50 nafar erkak va 24 nafar ayol) saylanib, TWAS akademiklarining umumiy soni 1444 nafarga yetdi. Akademiklikka diplom topshirish marosimi 2025-yil boshida Italiyaning Triyest shahridagi Akademiya bosh qarorgohida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Shahlo Turdiqulovaning Butunjahon fanlar akademiyasiga aʼzo etib saylangani Oʻzbekiston ilmiy salohiyatini yuksaltirish, jahon ilm-faniga qoʻshayotgan hissasi ortib borayotganini namoyish etishda muhim qadam boʻldi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.