YouTube ilovasida oʻchirib qoʻyilmaydigan reklama tanaffusi paydo boʻldi
Qayd etilishicha, endi YouTube reklamani foydalanuvchi asosiy tarkibdan tanaffus qilmoqchi boʻlgan paytlarda ham koʻrsatadi.
Google kompaniyasining YouTube foydalanuvchilari ekranlarida reklamalar sonini koʻpaytirish uchun kurashi yangi bosqichga koʻtarildi. Bu haqda “4PDA” nashri xabar berdi.
Yana bir yangilik smart-televizorlar uchun videoxosting mijoziga taʼsir koʻrsatdi: endi u reklamani foydalanuvchi asosiy tarkibdan tanaffus qilmoqchi boʻlgan paytlarda ham koʻrsatadi.
Android TV uchun yangilangan YouTube ilovasi aks etgan suratlar Reddit va X ijtimoiy tarmogʻida paydo boʻldi. Endi toʻxtatilgan video chapga siljiydi va reklama uchun joy ochadi.
Uning ostida bannerni yopish va batafsil maʼlumot olish uchun tugmalar mavjud. Ijtimoiy tarmoqlardagi sharhlarga qaraganda, bu format hali ham sinov bosqichida va barcha foydalanuvchilarni “maʼqul” kelmayapti.