верхний лего
РУ
O’Z
UZS
/
/
Mavluda Asalxo‘jayevaning turmush o‘rtog‘i vafot etdi
28.04.2025

Mavluda Asalxo‘jayevaning turmush o‘rtog‘i vafot etdi

Mavluda Asalxo‘jayevaning turmush o‘rtog‘i vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayevaning turmush o‘rtog‘i vafot etdi. Bu haqda xonanda Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“26-aprel kuni turmush o‘rtog‘im Davlet Qilichev bu dunyodan ko‘z yumdilar. Janoza 27-aprel peshinda Islom ota masjidida o‘qiladi”, deb yozdi xonanda.

Mavluda Asalxo‘jayeva intervyularidan birida turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishgani haqida quyidagicha hikoya qilib bergan edi:

—“Destan” ansamblida Davlet ismli yigit bilan tanishib qolganman. Ish jarayonida bir-birimizga ko‘ngil qo‘yib, oila qurishga qaror qilganmiz.

Ammo u uylanib, ajrashgan va ikki nafar farzandi bor edi. Albatta, u bilan oila qurishim yaqinlarimga yoqmagan. Biroq men uning farzandlari borligini tabiiy qabul qilganman.

Bolalarining ko‘ngli o‘ksimasin deb chiroyli kiyimlar oldirib, bolalariga yuborardik, degan edi Mavluda Asalxo‘jayeva.

Xonanda turmush o‘rtog‘ining bir necha yil avval og‘ir kasallikka chalingani haqida ham so‘zlab bergandi.

—Turmush o‘rtog‘im kasallikka chalinib, qattiq og‘rigan. Uni davolatish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilganman. Bormagan shifokorim qolmagan. Ammo o‘sha paytda turmush o‘rtog‘idan ajrashibdi, tashlab ketibdi, degan gap so‘zlar juda og‘ir botgan.

Aslida men buni kimgadir isbotlashim shart emas. Lekin baribir xalq orasidagi pichir-pichirlar asabga tegar ekan, degan edi Mavluda Asalxo‘jayeva.

Bu qiziq

"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.