верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
17-may – Xalqaro gipertoniyaga qarshi kurashish kuni
14.05.2025 (yangilandi 15.05.2025)

17-may – Xalqaro gipertoniyaga qarshi kurashish kuni

17-may – Xalqaro gipertoniyaga qarshi kurashish kuni [1]

Kelgusida Toshkent va G‘ijduvonda O‘zbekiston aholisi uchun bepul tibbiy oromgohlar faoliyat ko‘rsatishni boshlaydi. Bu haqda batafsil so‘zlab beramiz.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Tibbiy oromgohlar faoliyati O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tashkilotlari va shtab-kvartirasi Hindistonning Haydarobod shahrida joylashgan global farmatsevtika kompaniyasi bo‘lgan “Dr. Reddy’s” kompaniyasining birgalikdagi tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. Kompaniya 1984-yilda tashkil etilgan va “Salomatlik kutib turmaydi”[2] missiyasiga amal qilgan holda bemorlarning arzon va innovatsion dori vositalaridan foydalanishini tezlashtirishga hissa qo‘shishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

40 yoshdan oshgan o‘zbekistonliklar tibbiy oromgohlardan birida bepul tekshiruvdan o‘tishlari mumkin.

Oromgohga tashrif buyuruvchilar kardiologdan bepul maslahat olishlari, qon bosimi va tana vazni indeksini o‘lchashlari, shuningdek, gipertoniya kasalligi xavfini baholashlari mumkin bo‘ladi.

Bepul tibbiy oromgohlar ikki kun davomida quyidagi tartibda ishlaydi:

  • Toshkent shahrida 16-17-may kunlari Maxtumquli ko‘chasi, 103A-uyda joylashgan Milliy tibbiyot markazida.
  • G‘ijduvonda 17-may kuni Yusuf Hamadoniy ko‘chasi, 64-uyda joylashgan Osiyo Med Hospitalda. Ish vaqti: soat 10:00 dan -16:00 gacha (tanaffus 13:00 dan 14:00 gacha).

Tashabbusdan maqsad - O‘zbekiston aholisining gipertoniya (yuqori qon bosimi) haqidagi xabardorligini oshirish va kasallik rivojlanishining oldini olishdan iborat. “Kompaniyamiz barchani Jahon Gipertoniya Ligasi tomonidan e’lon qilingan yil mavzusini qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi: “Qon bosimini to‘g‘ri o‘lchang, uni nazorat qiling, uzoq umr ko‘ring!” Ushbu tamoyilga amal qilib, biz odamlarga uzoqroq va sog‘lomroq umr ko‘rishga yordam berishimiz mumkin”, - deydi Dr. Reddy’s.

JSSTning gipertoniyaga olib keluvchi yurak-qon tomir kasalliklari (YUQTK) haqida 5 ta fakt:

  • YUQTK - dunyodagi o‘limning asosiy sababi. Har yili 17,9 millionga yaqin odam yurak-qon tomir kasalliklaridan vafot etadi, bu dunyodagi barcha o‘limlarning taxminan 32 foizini tashkil qiladi. Ushbu o‘limlarning 85 foizi miokard infarkti va insult tufayli yuzaga keladi [3].

  • Yurak-qon tomir kasalliklarining aksariyati tamaki iste’mol qilish, noto‘g‘ri ovqatlanish va semirish, yetarli darajada jismoniy faol bo‘lmaslik, spirtli ichimliklarni zararli iste’mol qilish kabi xulq-atvor va havoning ifloslanishidek ekologik xavf omillariga ta’sir ko‘rsatish orqali oldini olish mumkin [3].

  • Gipertoniyadan aziyat chekuvchi bemorlarning 46 foizi o‘zlarida bu kasallik borligini bilishmaydi [4].

  • Yurak-qon tomir kasalliklaridan 80% gacha bevaqt o‘limning oldini olish mumkin. Buning uchun profilaktika zarur [5].

  • Profilaktikaning eng oddiy usuli - qon bosimini nazorat qilish hisoblanadi. Hech bo‘lmaganda uyda qon bosimini oddiy tonometr yordamida o‘lchash ham kifoya. Shuningdek, chekishni tashlash, sho‘r ovqatlarni ko‘p iste’mol qilmaslik, yetarlicha jismoniy faollik profilaktika asosini tashkil etadi.

Qon bosimi yuqori (140/90 va undan yuqori) bo‘lgan insonlarda quyidagi kuchli bosh og‘rig‘i, ko‘krak qafasida og‘riq, bosh aylanishi, nafas olishning qiyinlashuvi, ko‘rishning xiralashuvi va boshqa belgilar namoyon bo‘lishi mumkin. Agar sizda ushbu alomatlardan biri paydo bo‘lsa va ular yuqori qon bosimi bilan birga kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.

JSSTning 2024-yilgi statistik ma’lumotlariga ko‘ra, yurak-qon tomir kasalliklari O‘zbekistonda insonlar o‘limning asosiy sababi bo‘lib qolmoqda va bu barcha sabablarning 60,3 foizini tashkil etmoqda [6].

Havolalar: 

  1. https://www.whleague.org/about-us/world-hypertension-day. So‘nggi kirish: 04.05.2025.
  2. https://www.drreddys.com/. So‘nggi kirish: 04.05.2025.
  3. https://www.who.int/ru/news-room/fact-sheets/detail/cardiovascular-diseases-(cvds). So‘nggi kirish:04.05.2025.
  4. https://www.who.int/ru/news-room/fact-sheets/detail/hypertension.
  5. Кардиоваскулярная профилактика 2022. Российские клинические рекомендации. М., 2022. (Kardiovalskulyar profilaktika 2022). Rossiya klinik tavsiyalari).
  6. https://ourworldindata.org/grapher/share-of-deaths-from-major-causes?tab=slope&time=earliest..latest&country=~UZB

Kelishuv raqami R1350873-UB-CO-12052025-0429

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.