РУ
O’Z
UZS
/
/
2025-yilda nimalarni tomosha qilish mumkin: Uddalab bo‘lmas topshiriq yakuni, Jon Uikning ayol versiyasi, Avatar 3
22.01.2025 (yangilandi 23.01.2025)

2025-yilda nimalarni tomosha qilish mumkin: Uddalab bo‘lmas topshiriq yakuni, Jon Uikning ayol versiyasi, Avatar 3

2025-yilda nimalarni tomosha qilish mumkin: Uddalab bo‘lmas topshiriq yakuni, Jon Uikning ayol versiyasi, Avatar 3

Va nihoyat kino sanoati jonlandi: o‘tgan yili kovid cheklovlarining olib tashlanishi biz so‘zlab bergan, shov-shuvli filmlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. 2025-yil esa birinchi darajali aktyorlar bilan yangi katta filmlar va’da qilmoqda. Toping.uz yaqin 12 oy uchun kinodagi asosiy relizlar ro‘yxatini tuzdi.

Mikki 17

Janri: fantastika, jangari film, komediya

Bosh rollarda: Robert Pattinson,Toni Kollett, Stiven Yan

Rejissyor: Pon Jun Xo

Namoyish sanasi:  28-fevral

Bosh roldagi Robert Pattinson bilan fazoviy fantastika. Syujetga ko‘ra, insoniyat ongni bir tanadan boshqasiga ko‘chirishni o‘rgandi. “Jism” halok bo‘lganda, shaxs yangi qobiqni yuklab oladi. Shunday qilib, o‘lim ayniqsa, agar gap ko‘plab xavf-xatarlar mavjud bo‘lgan sayyorani mustamlaka qilish haqida ketganda, qo‘rqinchli emas. Bosh qahramon aynan mana shu ish bilan shug‘ullanadi. Ammo 17-o‘limga nimadir bo‘ladi: oldingi Mikki o‘lmagan va endi ular ikkita bo‘lib qoladi - ularning har biri o‘zini “haqiqiy” deb biladi.

Film rejissyori - “Parazitlar”dan keyin mashhur bo‘lgan Pon Jun Xo. Treylerga ko‘ra, film yana mavhumlik chegarasidagi o‘ziga xos yumordan iborat, shuning uchun ushbu sahnalashtiruvchi rejissyorning ijodi muxlislariga yoqsa ajab emas.

Oppog‘oy

Janri: sarguzasht, ertak

Bosh rollarda: Reychel Segler, Gal Gadot, Patrik Peyj

Rejissyor: Mark Webb

Namoyish sanasi: 19-mart

Mumtoz ertakning keng ko‘lamli ekranlashtirilishi biroz to‘xtab qoldi: film bir necha yil oldin suratga olingan, ammo keyin nimadir noto‘g‘ri ketdi. Filmni qayta ishlash boshlangani va  o‘zgartirilgan film nihoyat kinoteatrlarda paydo bo‘lishi endi ma’lum.

Oppog‘oy rolini Gollivudning yangi yulduzi  kinodagi birinchi roli uchun “Oltin globus”ga sazovor bo‘lgan (Stiven Spilbergning “Vestsayd voqeasi”) Reychel Segler o‘ynagan. Qizni sehrlagan yovuz o‘gay ona rolini esa Gal Gadot  (“Zak Snayderning adolat ligasi”, “M’;jizakor ayol”) ijro etgan.

Minecraft kinoda

Janri: komediya, sarguzasht

Rollarda: Jek Blek, Emma Mayers, Jeyson Momoa

Rejissyor: Jared Xess

Namoyish sanasi:  4-aprel

Bu o‘ta mashhur videoo‘yinning ekranlashuvi - u 300 million nusxadan ortiq adadda tarqaldi. Qahramonlar to‘rtligi kubiklardan tashkil topgan dunyoga tushib qolishadi. Bu umuman hamma narsaga tegishli: hayvonlar ham, tabiiy obyektlar ham 90 gradusli burchaklarga ega.

Ishtirok etuvchi shaxslar odatiy muhitga qaytishlari uchun topshiriqni bajarishlari kerak bo‘ladi.

Uddalab bo‘lmas topshiriq: Yakuniy intiqom

Janri: jangari film 

Bosh rollarda: Tom Kruz, Xanna Uoddingem, Vanessa Kirbi

Rejissyor: Kristofer Makkuorri

Namoyish sanasi: 21-may

2023-yilda chiqqan jangari filmning syujeti shunchalik katta bo‘lib chiqdiki, voqealarni ikkita filmga bo‘lishdi. Faqat ikki yildan keyingina uning yakuni paydo bo‘ladi. Tendensiyalarga muvofiq ravishda senariy sun’iy intellektga qarshi kurashga bag‘ishlangan - u biroz boshqarib bo‘lmaydigan darajaga boradi va Uchinchi jahon urushini keltirib chiqarishi yoki insoniyatni butunlay yo‘q qilishi mumkin bo‘lib qoladi. Albatta, faqat “Uddalab bo‘lmas topshiriq” jamoasigina tahdidni to‘xtatishga qodir.

Bizni yengil komediya holatlari, dinamik ta’qiblar va katta portlashlarga boy hamda rang-barang jangari film kutmoqda. Tom Kruz esa hamon kaskadyorlarga muhtoj emas va rejissyorning shamalariga qaraganda, “Yakuniy intiqom”da ham qandaydir ta’sirchan ekshen-sahna bo‘ladi. Bu so‘nggi “Uddalab bo‘lmas topshiriq” bo‘lishi va uning mualliflari bunday shov-shuvli franshizani munosib tarzda tugatishlari mumkin. Darvoqe, yaqinda Toping.uz Tom Kruz haqida yozgan edi - uning karyerasi tarixi bilan albatta tanishib chiqing.

Jon Uik: Balerina

Janri: jangari film 

Bosh rollarda: Ana de Armas, Kianu Rivz, Katalina Sandina Moreno

Rjejissyor: Len Uayzman

Namoyish sanasi: 6-iyun

“Jon Uik” olami kengayishda davom etmoqda: uning to‘rtta filmi chiqdi va beshinchisi ham rejalashtirilmoqda, Uinston mehmonxonasining yosh nazoratchisi haqidagi “Kontinental” seriali paydo bo‘ldi, endi esa yangi qahramon bilan jangari film dunyo yuzini ko‘radi. Kianu Rivzning ushbu franshizadagi ishtiroki va aktyorning boshqa rollari haqida batafsil ma’lumotni materialimizdan o‘qib oling.

Voqea uchinchi va to‘rtinchi “Jon Uik” filmlari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi va Anna de Armas o‘ynagan qotil Yeva haqida hikoya qiladi. Qahramon uning otasini o‘ldirgan yollanma qotillarni izlaydi. Va, aftidan, ularni Jon Uikga o‘xshab jazolaydi. Darvoqe, u ham filmda chiqadi.

Formula-1

Janri: sport dramasi

Bosh rollarda: Bred Pitt, Kerri Kondon, Xaver Bardem

Rejissyor: Jozef Kosinski

Namoyish sanasi: 27-iyun

Nomidan ko‘rinib turibdiki, bu poyga haqidagi film. Syujetga ko‘ra, tajribali poygachi Sonni Xeys (Bred Pitt) jiddiy baxtsiz hodisadan so‘ng faoliyatini yakunlaydi, ammo undan katta umid uyg‘otuvchi yangi o‘yinchini tayyorlashi uchun “Formula-1”ga qaytishini iltimos qilishadi.

Ishga yondashuv hayratga soladi: loyihaga prodyuser Jerri Brukxaymer (“Karib dengizi qaroqchilari”, “Qoya”, “Yomon yigitlar”), rejissyor Jozef Kosinski (“Top Gan: Meverik”), asosiy yulduz - Bred Pitt qo‘shildi. Texnik maslahatchi sifatida esa “Formula-1”dagi yetti karra chempion Lyuis Gamilton jalb etildi. Ayrim sahnalarning tasvirlari haqiqiy Gran-Pri vaqtida olinib, kadrlarda real poygachilar ko‘zga tashlanadi. 

Super qahramon

Janri: superqahramon jangari filmi

Bosh rollarda: Devid Korensvet, Izabela Mersed, Alan Tyudik

Rejissyor: Jeyms Gunn

Namoyish sanasi: 11-iyul

Komikslarning mashhur qahramoni haqidagi yangi film uning yoshligini hikoya qiladi. Klark, garchi uning o‘zga sayyoralik ekanligi doimo bilinib tursa-da, oddiy oilada tarbiyalanadi. Yigit yonidagilar kabi yashashga harakat qiladi, ammo atrof-muhitga tahdid paydo bo‘lganda uni o‘ziga qabul qiladi.

Ushbu film - yangi aktyor bilan Super qahramon haqidagi filmlarning qayta ishga tushirilishi hisoblanadi. Rejissyor “Galaktika qo‘riqchilari” trilogiyasi bilan mashhur bo‘lgan Jeyms Ganndir. Boshlanishidagi ma’lumotlar yomon emas - qani ko‘raylikchi, bundan nima chiqar ekan.

Avatar: Olov va kul

Janri: fantastik, jangari film

Bosh rollarda: Sem Uortington, Keyt Uinslet, Zoi Saldana, Sigurni Uiver

Rejissyor: Jeyms Kemeron

Namoyish sanasi: 17-dekabr

Jeyms Kemeron blokbasterining uchinchi qismi. Birinchi va ikkinchi film o‘rtasida 13-yillik uzilish bo‘ldi, ammo endi jarayon ishga tushganga o‘xshaydi. Filmning “Suv yo‘li” deb nomlangan sikveli 2,3 milliard dollar ishlab oldi, shuning uchun “Avatarlar” hali ko‘p bo‘ladi. “Olov va kul” bu safar olovli na’vilar bilan to‘qnash keladigan Jeyk va Netiri voqeasini davom ettiradi. Syujet haqida batafsil ma’lumot ham, rasmiy treyler ham yo‘q - internetda filmdan haqiqiy parchalar emas, balki bor-yo‘g‘i sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan videolargina mavjud.

 

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.