верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Abbosbek Fayzullayev Yevropa klubiga oʻtish mumkin: transfer narxi maʼlum boʻldi
04.12.2024

Abbosbek Fayzullayev Yevropa klubiga oʻtish mumkin: transfer narxi maʼlum boʻldi

Abbosbek Fayzullayev Yevropa klubiga oʻtish mumkin: transfer narxi maʼlum boʻldi

Moskvaning SSKA futbol jamoasi oʻyinchisi Abbosbek Fayzullayev Fransiyaning “Monako” jamoasi tarkibiga qoʻshilishi mumkin.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

“RB Sport” nashrining yozishicha, 1-liga klubi 21 yoshli oʻzbekistonlik halfbek uchun 15 million yevro toʻlashga tayyor. Biroq armiyachilar rahbariyati futbolchini hech boʻlmaganda qishki transfer oynasining oxirigacha ushlab turish niyatida.

Qizigʻi shundaki, “Monako”da Fayzullayev pozitsiyasida rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovin oʻynaydi. Joriy mavsumda Fayzullayev SSKA safida 22 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, futbolchining qiymati ayni paytda olti million yevroga baholanmoqda, bu esa “Monako” taklifini uning bozor narxidan deyarli uch baravar yuqori qiladi.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.