Jeyms Ganning “Supermen” filmi sikveliga oid tafsilotlar ma’lum bo‘ldi


Rejissyor Jeyms Gann “Supermen” filmining davomi haqida ma’lumot berdi. "Ertangi kun odami" nomi bilan chiqadigan ikkinchi qism 2027-yil 9-iyulda ekranlarga chiqariladi.
“Bu Leks Lyutor va Supermen yanada jiddiyroq tahdid oldida birlashib, ma’lum darajada hamkorlik qilishga majbur bo‘lishi haqidagi hikoya. Barchasi ancha murakkab, ammo bu syujetning asosiy qismini tashkil etadi”, — deya Gann Govard Stern bilan suhbatda aytib o‘tdi.
Rejissor film suratga olinishining taxminiy boshlanish vaqtini ham ma’lum qildi — 2026-yil aprel oyi. Devid Korensvet va Nikolas Xolt asosiy rollarga qaytishadi.
“Supermen” filmi shu yilning iyul oyida namoyishga chiqarilgan va jahon kinoprokatida 614 million dollar daromad keltirgan.