Abduqodir Husanovning transfer narxi maʼlum boʻldi
Oʻzbekiston MTJ futbolchisini Italiyaning grand klublaridan tashqari Germaniyaning top klublari ham oʻz safiga qoʻshib olmoqchi.
Italiya grandlaridan tashqari Oʻzbekiston MTJ himoyachisi Abduqodir Husanov uchun kurashga Germaniyaning 4 ta klubi qoʻshildi. Bu haqda yaqin manba maʼlum qildi.
Manbaga koʻra, Xusanovga “Borussiya Dortmund”,“ Bayer Leverkuzen”, “Red Bull Leypsig” va “Ayntraxt Frankfurt” jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining transfer narxi 30-40 million yevroga baholanmoqda. Abduqodir Husanov tarixdagi eng qimmat oʻzbek futbolchisiga aylanishi mumkin.
Ayni paytda futbolchining agenti Gʻayrat Hasbiullin va uning otasi Hikmat Hoshimov Yevropada boʻlib turibdi va jamoalar takliflari boʻyicha qizgʻin muzokaralar olib bormoqda.