25.09.2025
Bloger Xonzoda eri bilan yarashish niyati bormi, degan savolga javob berdi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Mashhur bloger Xonzoda Instagramdagi muxlislari so‘ragan eri bilan yarashish ehtimoli haqidagi savollarga javob qaytardi. U eriga qaytish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.
“Yo‘q, men uni sog‘inmayman va yarashishni o‘ylamayman”, — dedi Xonzoda. — “Ayol bunday qarorga bir kunda emas, yillar davomida keladi. Bu uzoq mulohazalar natijasidir”.
“Endi menda unga nisbatan hech qanday tuyg‘u qolmagan. Men o‘zimni sevaman va qaytishni xohlamayman. Ko‘pchilik qizlarimni o‘ylayapsizmi, deb yozishmoqda.
Ular ulg‘ayganda, ular tufayli otalari bilan yashashga majbur bo‘lganimni aytishni istamayman”, — deya qo‘shimcha qildi Xonzoda.