верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Buyuk Ipak yoʻli metrosida hojatxona ochildi
14.02.2025

Buyuk Ipak yoʻli metrosida hojatxona ochildi

Buyuk Ipak yoʻli metrosida hojatxona ochildi

Toshkent metrosining Buyuk Ipak yoʻli bekatida jamoat hojatxonasi hamda onalar va bolalar xonasi ochildi. Xizmatdan foydalanish narxi — 3 ming soʻm. Metropoliten yana 3 ta bekatda qurilish ishlari olib borilayotganini maʼlum qildi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

13-fevral kuni Toshkent metropolitenining Buyuk Ipak yoʻli bekatida hojatxona hamda onalar va bolalar xonasi ishga tushdi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Maʼlumot lavhasidan (u oʻzbek, ingliz va rus tillarida yozilgan) koʻrinadiki, hojatxonadan foydalanish narxi — 3 ming soʻm.

Undan Ikkinchi jahon urushi faxriylari, nogironligi bor shaxslar, 7 yoshgacha boʻlgan bolalar, nafaqadagi fuqarolar, Chernobil falokati ishtirokchilari, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bepul foydalana oladi. Buning uchun maʼlumotni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi kerak.

Toshkent metropolitenining maʼlum qilishicha, hozirda Amir Temur, Beruniy, Paxtakor bekatlarida ham hojatxona qurish ishlari davom etmoqda.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.